Ma’lumki, shu kunlarda poytaxtimiz IV Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qilmoqda. Forum doirasida investitsion salohiyatimizni namoyish qiluvchi ko‘rgazma ilk bor “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda, ya’ni “CAYex Uzbekistan!” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda. Yana bir e’tiborli tomoni 31 mamlakatdan tashrif buyurgan 114 nafar akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist va media mutaxassislari ushbu ko‘rgazmani xalqaro miqyosda keng yoritmoqda. Ular orasida dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ham bor. Ko‘rgazmada mahalliy yirik kompaniyalar xalqaro investorlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

- Bizning O‘zbekiston texnologik metallar kompaniyasi (TMK) O‘zbekiston Prezidentining Farmoni asosida 2024 yilda tashkil etilgan va mamlakat hududidagi barcha muhim strategik xom ashyolarni rivojlantirish vazifasi yuklatilgan, - deydi O‘zbekistonning davlat tasarrufidagi “O‘zbekiston texnologik metallar kompaniyasi” (TMK) raisining maslahatchisi Han Ilhan. - Mening vazifam kompaniya faoliyatini xalqaro miqyosda kengaytirish, xususan, Yevropa Ittifoqi va AQSH bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, kompaniyamizning global ta’minot zanjiriga tez va mas’uliyatli tarzda kirishini ta’minlashdir. Ushbu ko‘rgazma ana shu maqsadlarimizni yaqinlashtiradi.

Kelgusi strategiyamizda biz aynan “midstream” – ya’ni metall ishlab chiqarish bosqichini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqchimiz. Rejamizga ko‘ra, O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan 2 tadan 4 tagacha maxsus iqtisodiy zonalarda (“texnoparklar”) “midstream” markazlarini tashkil etamiz.

Bu markazlarda bir nechta metall ishlab chiqarish liniyalari bo‘ladi. Maqsad xalqaro yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish, ularga ushbu muhim metallar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minot imkonini yaratish va shu orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir.

Xalqaro hamjamiyat e’tiboriga energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish sanoati, raqamli texnologiyalar va boshqa strategik muhim sohalarga oid umumiy qiymati 30 milliard dollardan oshiq bo‘lgan investitsion loyihalar taqdim etilmoqda. Shuningdek, neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish sanoati va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi yurtimizda 10 dan ortiq tez rivojlanayotgan sohalar bo‘yicha 90 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Ushbu ko‘rgazma investorlarga O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar va hamkorlikka tayyor loyihalar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda bunday yirik tadbirlar xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali platforma vazifasini o‘taydi. E’tiborlisi keyingi yillarda ana shunday muhim forumlar uchun aynan mintaqada jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston investitsion hudud sifatida tanlanishi bu mamlakatimizga bo‘lgan ishonch va qiziqishning yuqoriligidan dalolatdir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aC9nsdHcEj8" title="Xalqaro investitsiya forumi doirasida milliy ko‘rgazma" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro investitsiya forumi doirasida milliy ko‘rgazma (+video)