Xalqaro ilmiy-texnik anjuman
Toshkent arxitektura-qurilish institutida kompozit polimer materiallari va armaturani qurilishda, seysmik hududlarda qoʻllash muammolariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-texnik anjuman oʻtkazildi.
Toshkent arxitektura-qurilish institutida kompozit polimer materiallari va armaturani qurilishda, seysmik hududlarda qoʻllash muammolariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-texnik anjuman oʻtkazildi.
Anjumanning har bir shoʻba yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan majlislarida kompozit polimer materiallari, buyum va konstruksiyalarni qurilish, neft va gaz sanoati obyektlarida qoʻllash, shuningdek, Toshkent davlat arxitektura-qurilish institutida olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar hamda xoʻjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi. Raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini jadal amalga oshirishga oid kelgusi rejalar kelishib olindi.
Tadbir doirasida “Mamlakatimizda qurilish materiallarini sanoatlashtirishning 2020-2022-yillar boʻyicha strategiyasi”, “Kompozit polimer materiallarning qurilish sanoati rivojidagi oʻrni” kabi mavzularda ilmiy maʼruzalar oʻqildi.
Anjuman materiallari asosida toʻplam ham chop etilgan boʻlib, undan mahalliy va xorijlik ekspertlarning sohaga oid oltmishga yaqin ilmiy maqolasi oʻrin olgan.