FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Jazoir Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqotlari markazi direktori Ahmad Bensag‘ir so‘z olib, mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi.  

Shuningdek, konferensiyada “Hanafiy usulida hadis istilohlari – Kosoniy misolida”, “Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mushtarak maqsad yo‘lida”, “Imom Dorimiy va Imom Buxoriy o‘rtasidagi ilmiy aloqalar”, “Imom Moturidiy “Ta’vilot-ul Qur’on” asarida hadislardan foydalanish uslublari” mavzusida ma’ruzalar tinglandi. Anjuman ishi 2 ta sho‘’baga bo‘lingan holda olib borildi. Samarqandda tavallud topgan Imom Dorimiy va Buxoroda tug‘ilgan Imom Buxoriy shaxsiga to‘xtalib o‘tildi.  

[gallery-14759]

– Imom Buxoriy haqida uzoq vaqt davomida ko‘plab tadqiqotlar qilingan bo‘lsa-da, Dorimiy haqidagi tadqiqotlar cheklangan, - dedi  Turkiyaning Anqara universiteti professori Bunyamin Erul. Bir mintaqadagi ikki muhim hadis imomlarining o‘zaro aloqalari bor-yo‘qligi va ulardan biri ikkinchisining rivoyatlaridan, hattoki, asarlaridan bahramand bo‘lganligini aniqlashga harakat qildik. Albatta, jarayon uzoq vaqtni talab etadi. Biz esa, bu yo‘nalishdagi ishlarimizni davom ettiramiz.

Shuningdek, konferensiyada “Tasavvuf evolyutsiyasi va Hakim Termiziyning bu sohadagi o‘rni (Fransuz sharqshunosi Pol Nviya tadqiqotlari asosida)”, “Imom Termiziy va uning ilmiy merosi”, “Imom Buxoriy Payg‘ambarning hadislari o‘rtasidagi uyg‘unlikning asoschisidir” mavzuidagi ma’ruzalar tinglandi.  

Jazoir Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqotlari markazi direktori Ahmad Bensag‘ir Jazoirda hadis ilmi 4 hijriy asrdan boshlab jazoirlik olimlar tomonidan katta e’tiborga sazovor bo‘lganligini, ayniqsa, bu ilmda amirul muhaddisiyn bo‘lgan Imom Buxoriyning Sahih al-Buxoriy kitobiga xalqimizning muhabbati o‘zgacha ekanini ta’kidladi.

Sahih al-Buxoriy Jazoirga bir nechta yo‘nalishda yetib kelgan asarni sharhlashda ko‘plab jazoirlik olimlar mehnat qilishganini hamda buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriyning asarlarini Jazoir mamlakatida sevib o‘qishlarini ta’kidlab, ushbu mamlakatda saqlanayotgan Sahih al-Buxoriy asarining qadimgi nusxalarini suratlarda namoyon etdi.  

Xalqaro konferensiyada 40 ga yaqin ilmiy ma’ruzalar tinglandi.  

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini yakunladi