Toshkent viloyati Parkent tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.

Tadbirda Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Fizika-texnika institutlari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari, akademik-olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Asosiy maqsad yangi materiallar, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish, ulardan foydalanish masalalarini tahlil qilish, muhokama etish hamda ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya davomida AQSH, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus va mamlakatimiz olimlarining ko‘p funksional materiallarini yaratish, ulardan mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari, shuningdek, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan amaliy foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi.

– Eng ekologik toza energiya bu vodorod hisoblanadi, – deydi Materialshunoslik instituti direktori Odilxo‘ja Parpiyev. – Biz quyosh energiyasi yordamida mamlakatimiz sanoati uchun shunday iqtisodiy tejamkor loyihalarni taklif qilyapmiz. Ikkinchi yo‘nalishda karbon tolasi ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bu xomashyodan sport anjomlaridan tortib fazoviy texnikalar ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. U o‘ta yengil va po‘latga nisbatan 2,5 barobar mustahkamdir. Nemis hamkorlarimiz katta quyosh pechi imkoniyatlarini o‘rganib, karbonni yuqori haroratda ishlab chiqarish bo‘yicha taklif berdi. Bu kelgusida xomashyoning arzonlashishiga yordam beradi.

Qayd etilganidek, navbatdagi yo‘nalishda o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni ishlab chiqarish loyihasi hisoblanadi. Mazkur mahsulotlarni amaliyotga tatbiq qilsak, elektr energiyasi tejash 20-30 foizga yetadi.

Shuningdek, issiqxonada ishlatiladigan oddiy plyonkalarga qaraganda ancha energiya tejamkor material ishlatish borasida tajriba qilinyapti. Uning xususiyatlaridan biri issiqxona ichida qishin-yozin bir xil mo‘’tadil haroratni ushlab turadi. E’tiborlisi, qish mavsumida issiqxonalarda gaz sarflanmaydi. Hozir bu boradagi tajribalar Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida olib borilmoqda.

Tadbir davomida taklif etilgan loyihalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

A.Musayev, UzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlik samaralari