Keyingi yillarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Andijon davlat chet tillari institutida ham bu borada e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.

– Institutimiz tomonidan belgilangan rejalar, chora-tadbirlar asosida xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda, – deydi Andijon davlat chet tillar instituti rektori, professor Dilshodbek Rustamov. – Jumladan, hozirga qadar ana shu yo‘nalishda jami 38 ta kelishuv va memorandumlar imzolandi. Bundan tashqari, institutimizdagi o‘quv jarayonlariga AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya  kabi davlatlardan 11 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etildi.

Xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilinayotganligi ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami va samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. Ayni paytda AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi hamda elchixonada ish olib borayotgan Markaziy Osiyoda Jamoat diplomatiyasi tashkiloti (RELO) bilan hamkorlikda AQSHdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislarini o‘quv jarayonlariga jalb etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Natijada institut o‘qituvchilari uchun malaka oshirish imkoniyatlari yanada kengaydi. Qolaversa, tashkilot tomonidan turli tadbirlar, onlayn kurslar tashkil etish va taqdim etilgan adabiyotlar orqali ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha resurslar ko‘paydi. Taqdim etilgan resurslar institut professor-o‘qituvchilarining muntazam ravishda kasbiy mahoratini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishiga  ko‘maklashmoqda.

Institut rektori Dilshodbek Rustamov joriy yil fevral oyida AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Ta’lim administratorlari assotsiatsiyasining (AIEA) yillik konferensiyasida ishtirok etdi.  Ana shu yirik anjumanda qatnashish institut uchun xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Qator AQSH oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuvlarga erishildi. Jumladan, AQSHning DePaul universiteti, Virjiniya hamdo‘stlik universiteti, Ball davlat universiteti bilan memorandumlar imzolanib, qator loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish belgilab olindi. Ayni kunda qo‘shma loyihalar, dasturlar, professor-o‘qituvchilarning tajriba va ilmiy izlanishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Institut Angliyaning nufuzli universitetlari bilan ham hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Hamkorlikni mustahkamlash hamda tajriba o‘rganish maqsadida institut rektori, professor Dilshodbek Rustamov rahbarligida bir guruh institut vakillari joriy yilda Angliya universitetlarida bo‘lib qaytdi.

Safar davomida institut delegatsiyasi Lids, Reading, Sharqiy Angliya universitetlarida, shuningdek, London biznes oliy maktabida, Nayltil institutida bo‘lib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator shartnomalar imzoladi, kelishuvlarga erishdi.

Ta’kidlash joiz, Angliya ta’lim sohasida o‘ziga xos yutuqlarga erishgan, qadim an’analar va juda katta ilmiy salohiyatga ega yurt hisoblanadi. Angliyadagi qator universitetlar ko‘p asrlik tarixga ega.

Bugungi kunda Nayltil instituti va Reading universitetlari bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilmoqda, o‘quv dasturlarini yaratishda ushbu universitetlarning tajribasidan keng foydalanilmoqda.

Dunyo universitetlari reytingida TOP-150 talik ro‘yxatda bo‘lgan nufuzli Lids universiteti bilan imzolangan kelishuvga asosan, ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarning ilmiy stajirovkasi hamda malaka oshirishi, qo‘shma ta’lim va akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma doktorantura tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

– Lids universiteti olimlari bilan ingliz tili bo‘yicha maxsus malakaga ega bo‘lish ustunlik beradigan kasblar, xususan, muhandislar, quruvchilar va boshqa kasbga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun ingliz tilini o‘rgatish modulini O‘zbekistonda tatbiq etish maqsadida hamkorlik qilyapmiz, – deydi Andijon davlat chet tillar instituti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Dilrabo Ahmadaliyeva. – Yurtimizda muhandis va boshqa kasb mutaxassislariga maxsus ingliz tili o‘qitish modullarini ishlab chiqish bo‘yicha mazkur universitet olimlari bizga yaqindan yordam bermoqda.

[gallery-20320]

Angliya oliy o‘quv yurtlari bilan tuzilgan kelishuvlar doirasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida onlayn forum tashkil etish, Andijon davlat chet tillar instituti ta’lim yo‘nalishlari o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish, TOP-300 talik universitetlar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirish bo‘yicha hamkorlik belgilandi. Nasib etsa joriy o‘quv yilida hamkorlik doirasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Reading universiteti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, ikki oliy o‘quv yurti tadqiqotchilari ishtirokida  qo‘shma ilmiy loyihalar olib borish, hamkorlikda ilmiy maqola va monografiyalar tayyorlash, qo‘shma doktorantura tashkil etish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, muhandislik yo‘nalishlari uchun maxsus dasturlar asosida ingliz tilini o‘qitishning muammo va yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish, Reading universitetining 20 nafar talabasi Andijondagi yozgi talabalar lageriga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Sharqiy Angliya universiteti hamda Norvich shahridagi Nayltil instituti bilan ham  professor-o‘qituvchilarni malaka oshirishga yuborish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, institut tadqiqotchilari uchun Angliya universitetidan ilmiy rahbarlar tayinlash, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, talabalarning qo‘shma amaliyot dasturini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

Institutning o‘zbek va boshqa Osiyo xalqlari tillarini  o‘rganishi uchun Andijonda 10 kunlik yozgi lager tashkil etish taklifi ham Sharqiy Angliya universiteti vakillari tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Ma’lumki, London biznes oliy maktabi o‘zining boy tarixi va bitiruvchilar klubining nufuzi jihatidan dunyoda yuqori o‘rinda turadigan ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut va London biznes oliy maktabi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Andijon davlat chet tillari instituti Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan 2022 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. O‘tgan 2023 yilning avgust oyida institut delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasida safarda bo‘lgan bo‘lsa, oktyabr oyida Cheju Halla universiteti prezidenti Sung Xun Kim boshchiligidagi delegatsiya Andijonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim dargohi hamkorligida Andijonda koreys tilini o‘rganish markazi ochildi.

Bundan tashqari, ayni paytda Janubiy Koreyaning King Sejong instituti bilan ham hamkorlik olib borilmoqda.

O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Singapur” biznes forumi doirasida Andijon davlat chet tillar instituti Singapurning Amity Global instituti o‘rtasida “Tourism Manegment” bo‘yicha qo‘shma ta’lim yo‘nalishini ochish yuzasidan memorandum imzolangan. Ana shu hujjat asosida o‘tgan o‘quv yilida Singapurning Amity Global instituti professori Leon Chond boshchiligidagi delegatsiya Andijonda bo‘ldi. Tashrif doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash,  shuningdek, qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy, uslubiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

Keyinroq esa Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi Amity Global institutida bo‘lib, u yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishib qaytdi. Bugungi kunda institutning 6 nafar talabasi akademik mobillik asosida Koreya oliy ta’lim dargohida tahsil olmoqda. Shuningdek, 1+3 platformasi tarzida yana bir guruh talabalar o‘qish uchun Singapurga yuborilgan.  

Andijon davlat chet tillar instituti jahondagi rivojlangan davlatlar, xususan, AQSH, Angliya, Singapur, Rossiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Turkiya shu bilan birga, qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston  davlatlaridagi qator oliy o‘quv yurtlari, professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.  

Joriy yil oktyabr oyida Andijonda institut hamda “TESOL-Arabiya” markazi hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro anjuman institutning xalqaro hamkorligi ko‘lamini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun yanada keng yo‘l ochib berdi. Mazkur konferensiyada qator xorijiy davlatlardan 20 nafarga yaqin olim va mutaxassislar ishtirok etdi.  

Bir so‘z bilan aytganda, Andijon davlat chet tillar institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar institutni jahonning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligini mustahkamlashga, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga, ta’lim jarayonlariga xalqaro andozalarni joriy etish, qolaversa, institutning jahon standartlariga javob beradigan, raqobatbardosh, malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini oshirmoqda.  

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro hamkorlik keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda