Termizda bo‘lib o‘tayotgan “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzuidagi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi ishtirokchilarining Surxondaryo viloyati bilan tanishuvi “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika xabida davom etdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi yonida joylashgan yirik xalqaro transport-logistika xabiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Global ta’minot tarmog‘i ombori maqomi berilgan. 

Xab Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022 yil BMT, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamni markazlashtirilgan hamda manzilli yetkazib berishni ta’minlash maqsadida “Termez Cargo Centre” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida tashkil etilgan.

[gallery-23449]

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etishda birlashishga chaqirar ekan, afg‘on xalqiga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami zaiflashmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.

Sayyoramizda yuz berayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston janubidagi Xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabiga dunyoning sakkizinchi yirik ta’minot tarmog‘i maqomi berilgani Afg‘oniston va boshqa davlatlardagi yordamga ehtiyoj sezadigan insonlar uchun zaxira yaratish hamda zarur bo‘lganda tezkor yetkazib berishni samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda Termizning Markaziy va Janubiy Osiyo chorrahasida joylashgan strategik joylashuvi, bu yerda yaratilgan transport-energetika infratuzilmasi va boshqa omillar ham alohida ahamiyat kasb etdi. Aholining zaif qatlamlariga yordam berish uchun asosiy resurslarni yetarli darajada ta’minlash imkoniyatlari ko‘lamini yanada kengaytirdi.

Ayni paytda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Keniya, Gana, Kamerun, Daniya, Panama davlatlarida sakkizta Global ta’minot tarmog‘i faoliyat yuritmoqda. Mazkur xalqaro tarmoqlar orqali har yili sayyoramizning turli mamlakatlariga beg‘araz yordam va favqulodda yuz bergan holatlarni bartaraf etish uchun 500 million dollardan ortiq dori-darmon, chodir, odeyal, oshxona anjomlari singari yashash uchun eng zarur vositalar yetkazib berilmoqda. 

Forum qatnashchilari Global ta’minot tarmog‘i omborida yaratilgan sharoitlar va saqlanayotgan zarur mahsulot hamda yashash uchun muhim vositalarni ko‘zdan kechirdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro forum ishtirokchilari “Termez Cargo Centre” bilan tanishdi