Xalqaro festivalda sport sinovlari ötkazildi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi”da Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi va hamkor taşkilotlar kömagida taşkil etilgan “GTO – Global Test Opportunity” xalqaro sport festivali doirasida sport sinovlari ötkazildi.
Festivalda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyaryov tadbir iştirokçilariga öz tabrigini yölladi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, aholining barça qatlamlarini ommaviy sportga jalb etiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

“Soğlom inson – soğlom millat” tamoyili asosida aholi örtasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Mamlakatimizda aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimi joriy etilgan bölib, 7 yoşdan 70 yoş va undan katta bölgan fuqarolarning jismoniy imkoniyatlari baholanmoqda. Jarayonlarni samarali taşkil etiş maqsadida “ERP-sport” yagona elektron boşqaruv platformasi işga tuşirilgan.
Sport vazirligi maʼlumotiga köra, joriy yilda 1,2 million nafar fuqarolarimiz sport sinovlarini muvaffaqiyatli topşirdi. Yuqori natija qayd etganlar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” kökrak nişonlari, maxsus sport kiyimlari va sertifikatlar bilan taqdirlanmoqda.

Xalqaro sport hamkorligini mustahkamlaş, aholi örtasida ommaviy sportni keng tarğib qiliş va soğlom turmuş tarzini ommalaştirişga qaratilgan festivalda iştirokçilar oltita yoş toifasidagi “GTO karuseli” musobaqasi hamda “Kun rekordi” formatidagi bellaşuvlarda öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi.
Xususan, qatnaşçilar uzunlikka sakraş, egiluvçanlik, qölni bukib-yoziş, qorin muşaklari uçun maşqlar, toş kötariş va turnikda tortiliş böyiça normativlarni bajardi.

Sinovlar yakuniga köra, yuqori natijalarni qayd etgan hamda faol iştirok etganlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Ğolib va sovrindorlarga “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” kökrak nişonlari, esdalik sovğalar hamda sertifikatlar topşirildi.
T. Röziyev, ÖzA