Garvard universitetining 12 mingdan ortiq bitiruvchisi Tramp ma’muriyatining 2,2 milliard dollardan ortiq federal mablag‘ ajratishni cheklash qaroriga qarshi chiqib qonuniy xabarga imzo chekdi.
Garvardning 1950—2025 yillar davomidagi bitiruvchilari amicus briefʼga imzo chekdi. Bu uchinchi tomondan sudga ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beruvchi da’vo arizasiga yuborilgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Brif 9 iyun kuni sudga taqdim etilgan.
Bitiruvchilarning fikricha, bunday hodisa Garvard tarixida hali kuzatilmagan. Garvard o‘zini himoya qilmoqda va o‘z navbatida akademik erkinlik, federal moliyalashtirish va kampus nazorati bo‘yicha boshqa kollejlar va universitetlar uchun namuna yaratayotgani aytildi.
Suriya mamlakatning shimoli-g‘arb qismida avtomobil va mototsiklga dron zarbalari oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Idlib mintaqasidagi 2 ta dron hujumi uchun javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmagan. Ammo Suriyadagi AQSH boshchiligidagi koalitsiya o‘tmishda bu hududdagi terrorchilarga zarbalar bergan.
Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Air India samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot balandlikka chiqa olmagan va turar-joy hududiga qulagan.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Samolyot bortida 230 nafar yo‘lovchi va12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.
Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga yirik ko‘lamda hujum uyushtirib, mamlakat yadroviy dasturining asosiy ob’ektlari va yuqori martabali harbiy rahbarlarini nishonga oldi. Isroil bosh vaziri Rising Lionoperatsiyasi Eronning Natanzdagi asosiy uran boyitish zavodiga va yadro olimlariga zarba berganini ma’lum qildi.
Eron davlat OAVlari hujumlarda halok bo‘lganlar orasida Eron Islom inqilobi gvardiyasi bosh qo‘mondoni general Husayn Salamiy ham borligi haqida xabar bermoqda. Tehrondagi turar joy binolarida yong‘inlar boshlangan. Infratuzilma ob’ektlariga ham zarar yetgan.
Shundan so‘ng, Eronning yuqori martabali harbiy amaldori Tehron Isroilning mamlakat hududiga bergan avia zarbalariga qat’iy javob qaytarishini ma’lum qildi. Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilbu zarbasi bilan “o‘zi uchun achchiq va og‘riqli taqdir tayyorlaganini” va “qattiq jazo” kutishi kerakliginibildirgan.
Isroil Mudofaa armiyasi 13-iyun kuni kechqurun Eron tomonidan ko‘p miqdorda raketalar uchirilgani haqida xabar berdi. SAXAL bayonotida havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish uchun ishga tushirilgani qayd etildi. Aholiga xavfsiz joylarga yashirinib, keyingi ko‘rsatmalarni kutish tavsiya etilgan.
Isroilning Tel-Aviv shahrida bir necha portlashlar sodir bo‘lgan. Tel-Aviv olov ichida qolgani, havo mudofaatizimi esa bunga dosh berolmagani ma’lum qilindi.
14 iyun kuni Al Mayadeyen nashri Eron raketalaridan biri Tel-Avivdagi Yadro tadqiqotlari markaziga kelib tushgani haqida xabar berdi. Avvalroq yana bir raketa 50 qavatli osmono‘par binoga kelib urilgani, buning oqibatida kamida ikki nafar tinch aholi jarohatlangani xabar qilingandi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/A-P5UwSE908" title="Dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>