Bu yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi. Sun’iy intellekt bilan jihozlangan dron baland tog‘larda yoki chekkaroq hududlarda yong‘inlarni o‘chirish va qutqaruv ishlarini olib borishga mo‘ljallangan. U yuqori balandliklarda 12 soatgacha parvoz qilib, taxminan 40 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi mumkin.

Dron hodisa joyidan jonli efirga uzatish imkoniyatini ham beradi. Uning asosiy afzalliklari tezkor javob berish, xodimlar uchun xavfni kamaytirish va real vaqt rejimida tasvirga olish orqali qaror qabul qilish imkoniyatlaridan iborat.

AQSHning Florida shtatida olti yoshli bola o‘lik holda topildi. Marhumning onasi “jin chiqarish” uchun farzandini o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanmoqda. Ramil Per 14 maydan beri maktabda ko‘rinish bermagan. Shu sababli maktab xodimlari iltimosiga binoan politsiya bolaning uyini tekshirishga borgan. Olti yoshli bola yotoqxonada jonsiz holda topilgan. Uning onasi — 31 yoshli Ronda Polinis — ikkinchi darajali qotillik, o‘lim haqida xabar bermaslik va jasadni o‘zgartirish ayblovlari bilan hibsga olingan.

Ayol tergov davomida “Xudo unga bolani jinlardan ozod qilishni” buyurganini aytgan.

Irlandiya qirg‘oqlari yaqinida 1787 yilda sirli tarzda cho‘kib ketgan Britaniya kemasi qoldiqlari topildi. Ma’lum qilinishicha, Recovery kemasi bundan 350 yil muqaddam Italiyadan Irlandiyaga ketayotganda cho‘kib ketgan. Kemada olti kishi, jumladan, kapitanning ikki o‘g‘li ham bo‘lgan. Ularning hech biri tirik qolmagan. Kema irlandiyalik bankir Jon La Tushga tegishli qimmatbaho marmar va bronza buyumlarni olib ketayotgan edi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiyaning bir qancha mintaqalaridagi aerodromlarga qarshi o‘tkazilgan «Pautina» operatsiyasi davomida Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi shikastlanganini ma’lum qildi. Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar ko‘rgan samolyotlarning taxminiy umumiy qiymati 7 milliard dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq Rossiyaning 41 ta samolyoti, jumladan strategik A-50, Tu-95 va Tu-22M3 samolyotlari shikastlangani haqida xabar bergan edi. Ulardan muntazam ravishda Ukraina shaharlariga hujum qilish uchun foydalanilgan, deya ta’kidlaydi Kiyev.

Ukraina prezidenti Zelenskiy o‘z nutqida Rossiya harbiy aerodromlariga uchuvchisiz uchoqlar yordamida amalga oshirilgan yirik hujum – «Pautina» operatsiyasida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. 

«Xavfsizlik xizmatiga, shaxsan general Malyukka, shuningdek, operatsiyada ishtirok etgan barchaga rahmat. Biz operatsiyani bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorladik. Rejalashtirish, tashkil etish, barcha tafsilotlar mukammal tarzda tayyorlangan. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu mutlaqo noyob operatsiya», — deb yozgan davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlarda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Burshning aytishicha, Isroil qamal ostidagi hududga gumanitar yordam olib ketayotgan 3000 ga yaqin yuk mashinasining kirib kelishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan bayonotda Bursh Isroil mintaqada AQSH ko‘magida «qotilliklar» sodir etayotganini aytdi.

G‘azodagi shifoxonalarning dori-darmon taqchilligi sababli «ayanchli» ahvolda ekanligini ta’kidlagan Bursh: «Hozirda Arishda tibbiy yordam kutayotgan 3000 yuk mashinasi Isroil tomonidan to‘siqlar tufayli G‘azoga kira olmayapti» dedi.

G‘azo hukumati matbuot byurosiga ko‘ra, 27 maydan beri yordam tarqatish punktlarida 49 falastinlik o‘ldirilgan, 305 nafari yaralangan. Birgina 1 iyun kuni Rafah va G‘azo markazidagi hujumlarda 32 kishi halok bo‘ldi, 250 dan ortiq kishi yaralandi.

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest