Germaniyaning Ayzenxyuttenshtadt shahri o‘z aholisi sonini ko‘paytirish maqsadida odamlarni ko‘chib kelishga undash uchun ikki haftalik bepul turar joy taklif qilmoqda.

Shahar mahalliy kengashiga ko‘ra, ko‘chib kelishni rejalashtirayotganlarga 14 kunlik bepul sinov muddati taklif qilinmoqda. Arizalar 2025 yilning iyul oyigacha qabul qilinadi.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Hodisa Hilmand viloyatining Bahromcha chegara hududida bo‘lib o‘tdi.

Otishma Pokistonda yangi chegara nazorat o‘tkazish punktlari qurilishi fonida boshlangan. Ayni paytda davlatlar o‘rtasidagi chegara barcha transport turlari uchun yopiq ekani aytilmoqda.

Vashington huquq firmasi Suriya qamoqxonasida 63 kun saqlanib, qiynoqqa solingan AQSH fuqarosi sababli mamlakatga 20 million dollardan ortiq jarima soldi.

AQSHning Okrug sudyasi Kollegin Kollar Kotelli jabrlanuvchiga 20,201,620 dollar miqdorida tovon puli berish haqida qaror chiqargan. Bu pulning yarmi taxminan 10 million dollari zararni qoplash uchun sarflanadi. Qolgani esa tovon sifatida belgilangan. 

AQSHdagi noqonuniy muhojir prezident Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi. U suiqasddan so‘ng o‘zini deportatsiya qilishga va’da berib, xat yubordi. Bu haqda ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemga tayanib CNN xabar berdi.

Ayblanuvchi hozirda hibsda saqlanmoqda. U 1998—2005 yillar oralig‘ida AQSHga kamida to‘qqiz marta noqonuniy kirgan. Muhojir prezidentning mitinglaridan birida uning boshiga o‘q uzish bilan tahdid qilgan. Tegishli xatni Immigratsiya va bojxona boshqarmasi hamda boshqa huquq tartibot idoralariga yuborgan.

Rossiya Ukrainadagi urushda qo‘llab-quvvatlagani uchun Shimoliy Koreyaga kompensatsiya sifatida kamida bitta “Pansir” havo hujumidan mudofaa tizimini topshirgan Bu haqda 11 ta davlat tomonidan tuzilgan Xalqaro sanksiyalar monitoringi guruhi hisobotida ma’lum qilindi.

Guruh razvedka ma’lumotlaridan foydalangan, hisobot asosan Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan hamkorligiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, samolyot, vertolyot, qanotli raketa va dronlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan “Pansir” tizimi Shimoliy Koreya havo mudofaa tizimini kuchaytiradi.

XAMAS AQSHning G‘azo bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish taklifini rad etdi.

AQSH 29 may kuni o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga Isroil rozilik bildirgani, XAMASdan esa javob kutayotganini ma’lum qilgan edi. Isroil ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, yahudiy rasmiylari quyidagicha kelishuv amalga oshishi mumkinligini aytgan: XAMAS ikki bosqichda 10 nafar tirik garovdagilarni va 18 nafar halok bo‘lgan garovdagilarning jasadini topshiradi. Buning evaziga Isroil 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatadi va qamoqdagi falastinlik mahbuslarni ozod qiladi.

XAMAS rasmiysi bu taklif asosiy talablarni, jumladan, urushni tugatish talablarini qondirmasligini va shunga yarasha yo‘l tutishini bildirgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MQ3B_GrNM2s" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest