AQSHda ilk bor X-59 nomli tovushdan tez uchuvchi samolyot osmonga ko‘tarildi. Lockheed Martin kompaniyasi NASA bilan hamkorlikda ushbu samolyotning birinchi muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Sinov parvozi Kaliforniyada o‘tkazilgan, samolyot AQSH harbiy-havo kuchlarining Plant 42 aviabazasidan havoga ko‘tarilib, NASAning Armstrong nomidagi tadqiqot markazi yaqiniga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Parvoz natijalari ijobiy bo‘lib, samolyotning uchish va aerodinamik xususiyatlarini tasdiqlagan.

AQSHda koronavirus va bir nechta xavfli jinsiy kasallik yuqtirilgan maymunlar yo‘lda ag‘darilib ketgan yuk mashinasidan qochib ketdi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, The New York Post xabar berdi. Maymunlar Tulane universitetiga qarashli tadqiqot markazidan olib ketilayotgan bo‘lgan. Ularni tashiyotgan yuk mashinasi 28 oktyabr kuni Haydelberg shahrida yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Taxminan 18 kilogramm og‘irlikdagi bu maymunlar COVID, gepatit C va gerpes bilan zararlangan bo‘lib, insonlarga nisbatan tajovuzkor hisoblanadi.

AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlash uchun uning uchuvchisini yollashga urindi. Ammo reja amalga oshmadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. AQSHning amaldagi va sobiq rasmiylari hamda Venesuela muxolifatining bir vakili ma’lumotni tasdiqladi. Prezident uchuvchisini yollash rejasi 2024 yil aprel oyida ishlab chiqilgan. O‘sha paytda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining 50 yoshli agenti Edvin Lopes AQSHning Dominikan Respublikasidagi elchixonasida attashe bo‘lib ishlagan.

Rossiyaning “Oreshnik” raketa majmuasi dekabr oyida Belarusda jangovar navbatchilikka qo‘yiladi. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hududida “Oreshnik”ni joylashtirish uchun sharoit yaratish jarayoni tugamoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan erkak “qasddan o‘ldirish” jinoyati uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga ayni voqeada ayolning sumkasini o‘g‘irlagani uchun alohida ravishda 6 yil qamoq jazosi ham berildi. Axborotga ko‘ra, jinoyat 18 aprel kuni Istanbulning Pendik tumani, Qaynarja mahallasida sodir etilgan. Hodisa birga yashab kelgan juftlik o‘rtasidagi janjal tufayli sodir bo‘lgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MaREaPp1mYk" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)