Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalaridan biri “Lukoyl” xorijiy aktivlarini sotishini e’lon qildi. Bunga kompaniya va uning shu’ba korxonalariga nisbatan “ba’zi davlatlar tomonidan cheklov choralari joriy etilishi” sabab bo‘ldi.

“Potensial xaridorlarning takliflarini ko‘rib chiqish boshlandi”, deyiladi “Lukoyl”ning ingliz tilidagi saytida.

Aktivlarni sotish AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) litsenziyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur litsenziya “Rosneft” va “Lukoyl” bilan bog‘liq bitimlarni bekor qilishni tartibga soladi. 

Turkiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida 27 oktyabr kuni 20 dona Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Britaniya hukumati xabar berdi. Bitim qiymati 8 milliard funt sterling (taxminan 13,8 milliard dollar) bo‘lib, bu NATO ittifoqdoshlari o‘rtasidagi mudofaa hamkorligini yanada mustahkamlaydi. Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer 2024 yilda lavozimga kirishganidan beri Turkiyaga ilk bora tashrif buyurib, Anqara shahrida prezident Rajab Toyyip Erdog‘an bilan shartnoma imzolangan.

Turkiyaning Sindirgi shahrida (Balikesir) 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi (AFAD) xabar berdi. Yer silkinishi 27 oktyabr kuni soat 22:48 da (Toshkent vaqti bilan 28 oktyabr 00:48 da) yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i deyarli 6 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida uchta bino va do‘kon qulab tushgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdog‘an zilzila qo‘shni viloyatlarda ham sezilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlangan hududda allaqachon mutaxassislar ishlamoqda. Balikesir viloyatida sodir bo‘lgan 6,1 magnitudali zilziladan so‘ng 102 ta aftershok qayd etilgan.

Ukraina Mudofaa razvedkasi Rossiya tomonidan Ukrainaga zarba berish uchun foydalanilgan raketalar va dronlarda 68 ta davlatning komponentlarini aniqladi. Bu haqdagi ma’lumot War&Sanctions portalida e’lon qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya foydalanayotgan 9M727 “Iskander-K” qanotli raketasi, Kh-47M2 “Kinjal” aeroballistik raketasi, Shimoliy Koreyaning KN-23 va KN-24 ballistik raketalari hamda “Shahed-136” (Rossiyada “Geran-2”) dronlarida xorijiy komponentlar aniqlangan.

Shimoliy Reyn — Vestfaliyada politsiya yirik miqdorda qurol-aslaha omborini aniqladi. Vuppertalda dushanba, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida prokuror vakili Volf-Tilman Baumert ma’lum qilishicha, bu Germaniyaning ushbu federal yerdagi «eng yirik jangovar qurol topilmalari»dan biri bo‘lishi mumkin. Qurol-savdosi bilan shug‘ullangan deb gumon qilinayotgan uch kishi hibsga olindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/66P4WrTBd6g" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)