Rossiya Yevropaga muammolar yaratish bilan tahdid qildi. Bu holat AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Tomahawk raketalarini yuborishga ruxsat bersa amalga oshishi ta’kidlandi. Bu haqda rus manbalariga tayanib, The Independent xabar berdi. Tramp so‘nggi kunlarda Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk raketalarini yetkazib berish masalasida qaror chiqarishi kutilmoqda. Rossiya parlamentining mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolovga ko‘ra, Moskva Tomahawk raketalarini Kiyev tomoniga yetkazadigan davlatlarga qarshi javob choralarini ko‘radi.

AQSHning Florida shtatida 13 yoshli maktab o‘quvchisi ChatGPT’dan do‘stini qanday o‘ldirish mumkinligini so‘ragach, hibsga olindi. Bu haqda Euronews xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bu holat Southwestern o‘rta maktabida yuz bergan. Bola maktab kompyuteri orqali sun’iy intellektdan quyidagicha maslahat so‘ragan: “Dars paytida do‘stimni qanday o‘ldirsam bo‘ladi?” Shundan so‘ng Gaggle nomli sun’iy intellektga asoslangan xavfsizlik tizimi bu xabarni darhol politsiyaga yuborgan. Tezkor harakat natijasida bola hibsga olingan.

Yevropa Ittifoqini harbiylashtirish dasturi doirasida Rossiya va Belarus bilan chegaralar yaqinida jangovar dronlar joylashtirish rejalashtirildi. Bu haqda mudofaa bo‘yicha yevrokomissar Andryus Kubilyus ma’lum qildi. Siyosatchi Yevropa havo hududida noma’lum dronlar paydo bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

“Sharqiy frontoldi davlatlari va butun Yevropa Ittifoqi uchun dronlarga qarshi imkoniyatlarimizni yaratishni ortga surmaylik”, dedi u.

AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvining birinchi bosqichi ustida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, har ikki tomondagi barcha asirlar tez orada ozod qilinadi. Bu haqda BBC xabar berdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu kelishuv kunini “Isroil uchun buyuk kun” deb atagan. U bugun, 9 oktyabr kuni hukumat yig‘ilishini o‘tkazib, ushbu bitimni tasdiqlatmoqchi. HAMAS esa kelishuvni tasdiqlagan - biroq ozod qilinishi rejalashtirilayotgan mahbuslarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilinganicha yo‘q.

Germaniya federal politsiyasi xavf tug‘diruvchi dronlarni tutib olish va urib tushirish vakolatiga ega bo‘ladi. Hukumat 8 oktyabr kuni Federal politsiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi. Qonun loyihasida politsiya endi dronlardan himoyalanish choralarini ko‘ra olishi ko‘rsatilgan. Ular hatto “jismoniy ta’sir vositalardan” ham foydalanishi mumkin. Ya’ni dronlarni to‘xtatish va yo‘q qilish huquqi huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/D8LbSTKba_A" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)