Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 pandemiyasining dastlabki bosqichlarini hujjatlashtirgani uchun 4 yil qamoqda o‘tirgan xitoylik jurnalist yana 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda RSF’ga tayanib, Daily Sabah xabar berdi. 42 yoshli jurnalist ilk bor 2020 yil dekabr oyida janjal chiqarish moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan edi. U o‘sha paytda Uxan shahridan koronavirus tarqalishining dastlabki holatlari haqida ma’lumotlar, jumladan, kasalxonalardagi holatlar va bo‘sh ko‘chalar videolarini e’lon qilgan edi.

Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya 21 sentyabr kuni mustaqil Falastin davlatini tan oldi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bunday qadam “yahudiy davlati uchun xavfli” ekanini aytdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

“BMTda va boshqa barcha maydonlarda bizga qarshi qaratilgan yolg‘on tashviqotga va bizning mavjudligimizga tahdid soladigan, terror uchun bema’ni mukofotga aylanadigan Falastin davlatini tuzish chaqiriqlariga qarshi kurashishimiz kerak”, dedi Netanyaxu.

Portugaliya Falastin davlatini rasman tan oldi. Tegishli bayonot 21 sentyabr kuni kechqurun mamlakat tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel tomonidan e’lon qilindi.

“Portugaliya ikki davlat tuzilishini nazarda tutuvchi yechimni, Falastin-Isroil mojarosida adolatli va uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li sifatida qo‘llab-quvvatlaydi”, deb ta’kidladi u.

Shu bilan birga, Ranjel Portugaliyaning Isroil davlatining mavjud bo‘lish huquqini tan olish pozitsiyasiga sodiqligini ta’kidladi.

“Tolibon” rahbari Mulla Haybatulloh Oxundzoda Afg‘onistonda smartfonlarni taqiqlashni taklif qildi. Bu taklif mamlakatda internetni uzib qo‘yishdan oldin taqdim etilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan bir yil avval Oxundzoda Qandahorda “Tolibon” ulamolar kengashidan smartfonlarni taqiqlash uchun diniy asos topib berishni so‘ragan. Uning aytishicha, bu choralar salbiy tanqidlar va buzg‘unchi fikrlarni to‘xtatish, “Tolibon”ning obro‘sini saqlab qolish uchun zarur.

Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy agar unga qo‘yilgan ayblovlar sudda isbotlansa, o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda Eron parlamenti komissiyasi a’zosi Kamron G‘azanfariy xabar berdi. Uning aytishicha, avvalgi parlament Ruhoniyga qarshi 8 ta shikoyat bergan va ularning barchasi sudga yuborilgan. U sud tizimi rahbari G‘ulomhusayn Muhsiniy bunday ishlarni ustuvor tartibda ko‘rib chiqishga majbur bo‘lsa-da, choralar ko‘rmaganini aytdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pdcuNQjdBhw" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)