“Tolibon” Rossiyadan neft va gaz qazib olish uchun pul so‘radi.

“Afg‘oniston hukumati kapitallaringiz uchun xavfsizlik, shaffoflik va uzoq muddatli imkoniyatni kafolatlaydi”, dedi Afg‘oniston tog‘-kon sanoati va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy. U Amudaryo, Katavaz va Hilmand havzalarida katta miqdordagi neft va gaz zaxiralari joylashganini aytdi.

“Ushbu resurslar nafaqat Afg‘oniston ehtiyojlarini qondirishi, balki qo‘shni davlatlarga eksport manbai bo‘lishi, energiya xavfsizligi va mintaqaviy rivojlanishni ta’minlashi mumkin”, deya ta’kidladi Badriy.

Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi. U Facebook’ka agentlikning yirtilgan guvohnomasi suratini joylashtirgan va Reuters materiallari 273 jurnalistning o‘limiga olib kelgan jazosizlik muhitiga hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan.

Shimoliy Koreyada harbiylar frontga borish uchun “navbatda turayotgani” aytilmoqda. Janubiy Koreya razvedkasi 100 mingdan ortiq KXDR fuqarolari istalgan vaqtda urushga borishga tayyorligini ta’kidladi.

“Bu raqamlar ko‘plab jarayonlarni sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin”, deydi rossiyalik harbiy ekspert Andrey Klinsevich.

Falastin hukumati matbuot idorasi direktori Isroil sektordagi olim, akademik va tadqiqotchilarni muntazam ravishda atayin nishonga olayotganini bildirgan.  

“Bosqinchilar 22 oy davom etgan genotsid davomida nafaqat infratuzilma va muhim obektlarga hujum qildi, balki muntazam ravishda olimlarni o‘ldirdi. G‘azoning madaniy elitasi yo‘q qilindi. Isroil bu ishi bilan jamiyatning intellektual va ta’lim tuzilmasini falajlamoqchi, ijodni qo‘llab-quvvatlovchi elitani yo‘q qilmoqchi,” dedi direktor.

AQSH prezidenti Donald Tramp Moskvaning Ukraina prezidentining qonuniyligi haqidagi fikri muhim emas va Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatmasa, «iqtisodiy urush»ga duch kelishi mumkinligini aytdi.  

“Hammasi bema’nilik. Ularning hammasi ma’lum bir pozitsiyada. Hammasi o‘yin qilyapti”, — dedi Tramp.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pM78u1ShOMY" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)