Ukraina qurolli kuchlari Astraxan viloyatidagi “Olya” dengiz portiga hujum qildi. Mazkur port Erondan Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun foydalanilgan. Bu haqda Ukraina armiyasi Bosh shtabi ma’lum qildi. Portdagi Shahed dronlar uchun butlovchi qismlar ortilgan “Port Olya 4” nomli kemaga 14 avgust kuni zarba berilgan.

Buyuk Britaniyaning Manchester aeroportida 15 avgust kuni ertalab 2 ta EasyJet samolyoti to‘qnashib, qanotlari tirnalishi sababli barcha parvozlar qisqa muddatga to‘xtatildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa samolyotlar uchish yo‘lagiga kirayotganda sodir bo‘lgan. Parij va Gibraltar yo‘nalishidagi samolyotlar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 06:30 da bir-biriga tegib ketgan. Hodisada EZY2267 (Manchester—Gibraltar) va EZY2117 (Manchester—Parij Charles de Gaulle) reyslari o‘zaro to‘qnashgan. Bortdagi yo‘lovchilarning hech qaysisiga jarohat yetmagani xabar qilinmoqda. 

Turkiya yaqinda imzolangan mudofaa shartnomasi doirasida Suriyani qurol-yarog‘, harbiy texnika hamda moddiy-texnik yordam bilan ta’minlaydi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi vakillariga tayanib, Euronews xabar berdi. Bir necha kun avval Turkiya mudofaa vaziri Yashar Gyuler va Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasr harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat Turkiyaning Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Hindistonda bir ayol Labubu qo‘g‘irchoqni Xudo deb o‘ylab, unga ibodat qila boshladi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda. Tarqalgan videotasvirda ayol Labubu qo‘g‘irchoq oldida an’anaviy hind marosimlarini o‘tkazib, prasad nazr qilmoqda va chuqur hurmat ko‘rsatayotganini ko‘rish mumkin. Xabar muallifining aytishicha, ayolning qizi onasiga Labubuning xitoy xudosi ekanligini aytgan. Buni eshitgan ona darhol o‘yinchoqqa sig‘ina boshlagan.

Meksikada 4 ming dollarlik sun’iy intellektli robot it Monterrey shahri ko‘chalarida sayr qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi. It egasi senator Uoldo Fernandes hisoblanadi. Robot har kuni atrofdagilarga jonvorlarga g‘amxo‘rlik qilish qanchalik muhimligini eslatib turadi. U tashqi ko‘rinishidan haqiqiy uy hayvoniga o‘xshamasa-da, allaqachon shahar aholisining e’tiborini qozonishga ulgurgan. Bo‘yi deyarli bigl zotidagi itdek keladigan kulrang robot “samimiy ovoz” bilan: “Salom, men Uoldogman. Men zabonsizlarga — ko‘chada yashovchi jonivorlarga ovoz berish uchun shu yerdaman”, deya murojaat qiladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil xalqaro jurnalistlarga qamal ostidagi G‘azoga kirib, ishlashga ruxsat berishi lozimligini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. Isroil 2023 yil oktyabridan beri xorijlik jurnalistlarga G‘azoga kirishni taqiqlab qo‘ygan. Faqatgina ayrim hollarda yahudiy armiyasi bilan cheklangan media safarlar tashkil etilmoqda. Hozirgacha G‘azodagi asosiy ma’lumotlar mahalliy falastinlik jurnalistlar orqali kelmoqda. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri anklavda kamida 184 nafar jurnalist Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bWHrB5Jkfco" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)