Isroil armiyasi zarurat tug‘ilganda Rossiya tomonidan Eronga yetkazib berilgan havo hujumidan mudofaa tizimlarini nishonga oladi. Bu haqda Isroil Moliya vazirligi rasmiysi xabar berdi. Eron 2003 yildanoq Rossiya havo mudofaa tizimlarini sotib olishga qiziqish bildirgan. 2016 yil bahorida Tehron S-300 zenit-raketa komplekslarining birinchi partiyasini olgan edi. Bu tizimlar 2017 yilda jangovar navbatchilikka qo‘yilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23 iyul kuni Turkiyada Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik muzokaralarining yangi raundi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish va asirlar almashish masalasini muhokama qilgan. Zelenskiy diplomatlardan bo‘lajak muzokaralar xalqaro formatda bo‘lishini so‘ragan. Rossiya tomoni esa Kiyevning taklifiga darhol izoh bermagan. Biroq rus axborot agentligi manbalari muzokaralar 24—25 iyul kunlari bo‘lib o‘tishini xabar qilgan.

Rossiya chegarachilari telefonida terroristik yoki ekstremistik tashkilotlar hamda “radikal kanallar”ga obuna bo‘lgani aniqlangan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga kiritmadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Mazkur holatlar bilan bog‘liq 20 dan ortiq sud materiallari o‘rganib chiqilgan. Hujjatlardan biriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolaridan biri radikal qarashli diniy blogerlar kanallarini va terrorchilik tashkilotlari faoliyatini aks ettiruvchi videolarni tomosha qilgani sababli Rossiyaga kiritilmagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi bo‘yicha Federal qidiruv byurosi hujjatlarini oshkor qildi. Bu haqda Milliy razvedka direktori ma’lum qildi. Qotillikdan qariyb 60 yil o‘tib, u bilan bog‘liq 230 mingdan ortiq hujjat e’lon qilindi. Ular shaxsiy hayot daxlsizligini saqlash maqsadida minimal darajada tahrirlangan. Hujjatlar orasida FQB tergov tafsilotlari va ichki yozishmalar ham mavjud.

Florida universiteti olimlari immunitet tizimini kuchaytirib, saratonga qarshi kurashishga yordam beradigan eksperimental mRNK vaksinasini ishlab chiqdi. Bu haqda New Atlas nashri xabar berdi. Yangi vaksina kimyoterapiya, jarrohlik aralashuvi va nur terapiyasi kabi og‘ir muolajalarga ehtiyojni kamaytirishi mumkin. Olimlar koronavirus vaksinasining vazifasiga o‘xshash “universal” preparat yaratgan. U immun hujayralarga buyruq berib, saraton o‘simtalariga birgalikda hujum qilishni faollashtiradi.

Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati jamoat joylarida kiyinish qoidalariga amal qilmagan ayollarni hibsga olmoqda. BMT esa ayollarning huquqlari poymol bo‘layotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi. 

“Ushbu hodisalar ayollar va qizlarni yanada izolyatsiyalashga, qo‘rquv muhitini yaratishga va jamoatchilik ishonchiga putur yetkazishga xizmat qiladi”, dedi BMT “Tolibon”ning ayollarni hibsga olishiga bildirgan munosabatida.

BMT “Tolibon” hukumatini ayollar va qizlarning inson huquqlari va erkinliklarini cheklovchi, jumladan oltinchi sinfdan keyingi ta’limni taqiqlovchi siyosatni bekor qilishga chaqirdi. Tashkilotning Afg‘onistondagi missiyasi 16 iyuldan 19 iyulgacha Kobulda ko‘plab ayollar va qizlarning hibsga olinganini ma’lum qilgan. Xususan, hibsga olinganlar hijob yoki islomiy ro‘mol o‘rash qoidalariga rioya qilmagani ochiqlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kZwAsMD6z0Y" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)