AQSHda Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi talabalar harakatining yetakchisi Mahmud Xalil prezident Donald Tramp ma’muriyatini sudga berdi. Xalil immigratsiya agentlari tomonidan hibsga olingani va ushlab turilgani sababli 20 million dollarlik da’vo arizasi kiritgan. U AQSHda doimiy yashovchi rezident bo‘lib, amerikalik ayolga uylangan va AQSHda tug‘ilgan o‘g‘li bor. U mart oyida hibsga olingach, ma’muriy nazorat ostida saqlangan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi kuniga mingta dron uchirishga tayyorlanayotganini aytdi. Bu haqda u Rimdagi Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi. Zelenskiyning aytishicha, Rossiyaning asosiy maqsadi — uzoq davom etuvchi havo trevogalari orqali Ukraina jamiyatida vahima va beqarorlik uyg‘otishdir. Biroq Ukraina bu tahdidlarga qarshi samarali vositalarga ega va hujumlarga munosib javob qaytaradi.

Isroil Eronning uran qazib olish faoliyati AQSH zarbalari natijasida zarar ko‘rganini, ammo u butunlay yo‘q qilinmaganini ta’kidlamoqda. Yahudiy mamlakat vakili Eronning “har qadami kuzatuv ostida ekanini” ma’lum qildi. Agar uran qazib olish ishlari qayta boshlansa, Isroil yangi zarbalar berishdan qaytmaydi, dedi yahudiy davlati rasmiysi.

Eron armiyasi 23 iyun kuni AQSHning Qatardagi bazasiga raketalar uchirgan edi, hujum oqibatida ob’ektga zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Al Udeyd aviabazasiga zarar yetganini ko‘rish mumkin. Bu esa Qatar va AQSHning hech qanday zarar yetkazilmagani haqidagi da’volariga zid keladi. Hujum oqibatida bazadagi sun’iy yo‘ldosh aloqa antennasi yo‘q qilingan. Yaqin atrofdagi angarda ham talafot alomatlari kuzatilgan. 

Rossiya 2024 yil avgustidan boshlab hibsga olinganlarni urushga jo‘natgani uchun politsiya xodimlariga mukofot puli to‘lab kelmoqda. Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan har bir ushlanganlar uchun politsiyachilarga — uchastka nozirlari, tezkor xodimlar va tergovchilarga pul berilgan. Jinoyatda gumonlanganlarning qariyb 12 foizi sud va tergovga qadar urushga ketmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya bo‘yicha “muhim bayonot” berishini ma’lum qildi. U bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning “Rossiyadan hafsalasi pir bo‘lgan”.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/StfWNmSdV1o" title="XALQARO DAYJEST" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)