AQSH Iroq elchixonasining asosiy bo‘lmagan xodimlarini xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani sababli evakuatsiya qiladi. Rasmiylar evakuatsiyaga aynan nima sabab bo‘lganini batafsil ochiqlamagan. Biroq so‘nggi kunlarda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan, deb yozgan BBC. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Iroqda 2,5 mingga yaqin AQSH harbiylari joylashgan.

Rossiya 12 iyunga o‘tar kechasi Shahed tipidagi hujumchi dronlardan foydalangan holda yana Xarkov shahrini o‘qqa tutgan. Shahar meri Igor Terexovga ko‘ra, Rossiya harbiylari bir kechada Xarkovga 12 ta zarba bergan. Dronlardan biri maktab hududiga, ikkinchisi esa bolalar bog‘chasi maydonchasiga kelib urilgan.

Bundan tashqari, Xarkovning Saltovskiy tumanidagi 2 ta turar joy binosi va fitnes markazi ham zarbalar qurboni bo‘lgan. Hujum oqibatida kamida 11 kishi, jumladan, 4 nafar bola yaralangani ochiqlangan. 

G‘azoda avtobusga hujum uyushtirilishi oqibatida ko‘plab G‘azo gumanitar jamg‘armasi (G‘GJ) xodimlari halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu harakatda AQSH va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan gumanitar yordam tashkiloti XAMASni ayblamoqda. XAMAS esa hozircha ayblovlarga javob bermagan. Xodimlar Xon Yunusning g‘arbiy qismidagi tarqatish markaziga yo‘l olgani aytilgan. G‘GJ yigirmadan ortiq jamoa a’zolari bo‘lgan avtobus mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida XAMAS tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qilgan.

Yevropa Ittifoqi 10 iyun kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Ittifoqning fikricha, Moskvaning Ukrainaga qarshi har kungi hujumlari uning tinchlikdan manfaatdor emasligini ko‘rsatmoqda.

Yangi sanksiyalar paketi Kremlning neft va gaz qazib olishdan pul ishlash qobiliyatini nishonga olgan. Bu Rossiya 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri 18-sanksiya hisoblanadi.

Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

Air India samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot balandlikka chiqa olmagan va turar-joy hududiga qulagan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Samolyot bortida 230 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fUyl_ML6nRw" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)