Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan federatsiyaning navbatdan tashqari bosh assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda federatsiyaga a’zo bo‘lgan 147 mamlakatdan 500 dan ortiq mutasaddi, avto-moto klublar, federatsiyalar va assotsiatsiyalar delegatlari ishtirok etmoqda.  

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston avtosport va karting milliy federatsiyasi mas’ullari ishtirok etdi.

[gallery-17797]

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem konferensiya ishtirokchilarini qutlab, dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan avtosportning yanada ommalashuvida ushbu konferensiya davomida erishiladigan kelishuvlar, o‘zaro tajriba almashinuvi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Tadbir doirasida yurtimiz vakillarining Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) mutasaddilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, kelgusida avtosportni rivojlantirish borasidagi takliflar muhokama etildi.

Jumladan, yurtimizda sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avtosportga ham alohida e’tibor qaratilayotganligi qayd etildi. Xususan, Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasida avto-motosport turlari uchun ham maxsus maydonlar, yo‘laklar tashkil etilayotganligi, ularni jahon standartlariga moslashtirishda FIA mutaxassislarining ko‘magi muhim ahamiyat kasb etayotgani aytildi.

Shuningdek, yetarli infratuzilma yaratilgach, undan unumli va samarali foydalanish maqsadida “Buyuk ipak yo‘li” davlatlari avtosportchilari o‘rtasida “Silk road cup” xalqaro musobaqasini tashkil etish taklifi bildirildi.

– Samarqandda o‘tayotgan anjuman barchamiz uchun samarali bo‘lmoqda, – deydi Uganda avtojamoalar federatsiyasi kotibi Reynold Kibira-Kadok. – O‘zaro tajriba almashish har qanday soha rivojida muhim, deb bilaman. Shu bois anjumandan o‘zimizga yangilik bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni o‘zlashtirishga harakat qilyapmiz. Bu sport turiga dunyo miqyosida qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Afrika qit’asida ham ushbu sport turi jadal rivojlanyapti. O‘tkazilayotgan musobaqalarda 50 dan ortiq mamlakat sportchilari qatnashmoqda. Mazkur anjumandagi fikrlar, o‘zgarishlarni, albatta, amaliyotda qo‘llab, yuksak natijalar sari harakat qilamiz.

Samarqand mezbonligida o‘tayotgan konferensiya 13 iyunda yakunlanadi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), 

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) bosh assambleyasi yig‘ilishi