Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Tarjimashunoslar-2022” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

10-12 noyabr kunlariga belgilangan tadbir ilmiy-amaliy anjuman bilan boshladi. Yalpi majlisda zamonaviy tarjimonlar faoliyati, tarjimashunoslik masalasi tahlil qilindi, shuningdek o‘zbek tarjima tarixiga nazar tashlandi. Jumladan, dunyoning durdona asarlarini o‘zbek tiliga asliyatdan qolishmaydigan darajada mahorat bilan o‘girgan atoqli olim va tarjimon G‘aybulloh as-Salom yodga olindi.

Uning tilimizga nisbatan favqulodda bir jonkuyarlik bilan bildirgan fikrlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagani, bizni doimo ogohlikka chorlab turishi e’tirof etildi.

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, tarjimashunos olim Zuhriddin Isomiddinov, xorijlik tarjimashunos olimlar Jemaleddin Tuney, Safarmo Tolibiy, Shiv Singx, Ma Xuyemey va boshqalar tarjimashunoslik bilan bog‘liq bugungi kunning muhim masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Forum dasturiga ko‘ra, universitetning Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan sinxron tarjima hamda xalqaro jurnalistika mahorat maktabi ochilish marosimi ham rejalashtirilgan.

Mahfuza Ortiqova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro anjumanda tarjimashunoslik muammolari tahlil etilyapti