Xalqaro anjuman qatnashchilari Samarqandda
Dunyo amaliyotida ilk bor nishonlangan “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilari bugun ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda bo‘ldi.
Mehmonlar dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida bo‘lib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangidan bunyod etilgan ushbu qadamjoning tarixi va buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan maqomi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Majmua innovatsion muzeyi bilan tanishuv, muqaddas islom dini rivojida zaminimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar, muhaddislar haqida berilgan ma’lumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Konferensiya ishtirokchilari Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, turistik ob’ektlarda ham bo‘lib, yurtimiz tarixi va ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 29-aprel kuni BMT Bosh Assambleyasida ilgari surilgan tashabbus asosida ilk bor o‘tkazilgan anjumanda 30 ga yaqin xorijiy davlatdan 100 dan ortiq mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari