Farovonlik va barqarorlik asosi bo‘lgan suv resurslarini oqilona boshqarish, aholini sifatli ichimlik suvi va oqova xizmatlari bilan ta’minlash bugungi kunda O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Ayni paytda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyoda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Ushbu anjuman mamlakatimizda suv ta’minoti va oqova xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiya “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan Jahon banki, Shveysariya iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) hamda Koreya hukumati (KGFT) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda Markaziy Osiyo davlatlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ichimlik suvi va oqova xizmatlari sohasi tubdan isloh qilindi. Sohani rivojlantirish maqsadida 2030 yilga qadar kamida 40 trillion so‘m investitsiya jalb etilishi, ichimlik suvi ta’minoti qamrovini 90 foizga, oqova suv xizmatlari qamrovini esa 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

So‘nggi sakkiz yilda mazkur yo‘nalishga 27,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, shundan 16,5 trillion so‘mi davlat byudjeti hisobidan, 1 milliard AQSH dollari esa xalqaro moliya institutlari investitsiyalari hisobidan qoplangan. Bu mablag‘lar hisobiga 3 627 ta inshoot hamda 40,6 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilgan.

Natijada 7,7 million aholi birinchi marta ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 11,5 million nafar aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, 1,1 million aholi oqova tizimiga ulandi. Ichimlik suvi qamrovi 63 foizdan 80,9 foizga, oqova suv xizmatlari qamrovi esa 17,2 foizdan 20,9 foizga oshirildi.

– Hozirgi global sharoitda iqlim o‘zgarishi tufayli suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xizmati samaradorligini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda, – deydi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida suv va kanalizatsiya bo‘yicha katta mutaxassisi Odete Muksimpua. – Bu boradagi masalalar butun dunyo uchun dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa, toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosi global miqyosda haligacha to‘liq yechim topgani yo‘q. Hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zida qariyb 10 million aholi takomillashtirilgan suv ta’minotiga ehtiyoj sezmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu xalqaro konferensiyada belgilangan asosiy vazifalar nafaqat mintaqa, balki butun dunyoga muhim signal sifatida qaralishi zarur. Bu zamon bizdan intizomli hamkorlikni, innovatsion yondashuvlarni joriy etishni, xizmatlar sifati va qamrovini yanada oshirishni talab etayotganining yorqin ifodasidir. Bu vazifalarni samarali amalga oshirishda hukumatlar, xususiy sektor va soha mutaxassislari birgalikda harakat qilishi bugungi kunning talabi. Chunki faqatgina umumiy sa’y-harakat, tajriba almashinuvi va innovatsiyalarga asoslangan yondashuvlar orqali barqaror hamda xavfsiz suv ta’minotiga erishish mumkin bo‘ladi.  

Yirik loyihalar qatorida “To‘palang” suv ombori asosidagi loyiha orqali Surxondaryo viloyatidagi to‘rt tumanda 141 ming aholi, Jizzax viloyatida Zarafshon daryosidan foydalanish orqali to‘rt hududda 286 ming aholi, Qashqadaryodagi “Oqsuv-Dehqonobod” loyihasi orqali 76 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Qodiriya” suv inshooti rekonstruksiyasi natijasida 265 ming aholining suv ta’minoti yaxshilangan.

Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida 275 ming aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanib, viloyatda qamrov darajasi 74 foizga yetkazildi.

Sohada raqamlashtirish va zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali samaradorlik oshirilmoqda. “UzWater” yagona billing tizimi, GIS (geoaxborot) xaritalar, SCADA masofaviy boshqaruv tizimi, “Water Lab” laboratoriya nazorati axborot tizimi joriy etildi. Shuningdek, “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan raqamlashtirish dasturi amalga oshirilmoqda.

38 ta yirik suv inshooti raqamlashtirildi. Toshkent, Buxoro va Jizzax viloyatlarida SCADA tizimi joriy qilinmoqda. GIS xaritalari Chirchiq, Nurafshon, Ohangaron, Guliston va Yangiyer shaharlarida shakllantirildi, bu ishlar hozir Namangan va Xorazm viloyatlarida davom etmoqda.

– Janubiy Koreyada suv resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda, – deydi K-Water akademiyasi direktori Djeyson Kim. – Biz sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar asosida ishlaydigan tizimlarni faol ravishda joriy etyapmiz. Bu orqali suv inshootlarining samaradorligini oshirish, xavf-xatarlarni oldindan bashorat qilish va resurslarni oqilona taqsimlash imkoni paydo bo‘lmoqda. Xalqaro maydonda o‘z tajribamiz bilan bo‘lishish, yangi texnologiyalarning amaliy natijalarini ko‘rsatish maqsadida turli tashabbuslarda qatnashyapmiz. Jahon banki bilan hamkorlikda qator mamlakatlarda suv boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha samarali loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Mazkur bank ko‘magida yangi tashabbuslar orqali hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston butun mintaqa uchun muhim strategik ahamiyatga ega. Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan loyihalar qo‘shni davlatlar uchun ham namuna bo‘la oladi. Shu sababli, O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish nafaqat mamlakatning o‘zi, balki butun Markaziy Osiyo uchun katta foyda keltiradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning suv resurslari sohasidagi tashabbuslari juda muhim ahamiyatga ega. Kuchli yetakchi muayyan yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga ega bo‘lsa, mamlakat tez va barqaror taraqqiy etadi. Prezidentingizning suv xo‘jaligini takomillashtirishga oid tashabbuslari O‘zbekistonning ekologik barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi.

Fransiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida “SUEZ” kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ikki bosqichli loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 3 500 km to‘liq GIS xaritasi, 3 100 ta hisoblagich, 15 ta oqim nazorati uskunasi o‘rnatilishi va 450 nafar mutaxassisning malakasi oshirilishi ko‘zda tutilgan.  

Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ikkinchi bosqichda to‘liq boshqaruv xususiy sherikka o‘tkazilib, aholi qamrovi 90 foizga yetkaziladi.

– Joriy yilda sohaga 7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bundan 1,1 trillion so‘m davlat byudjeti, 454 million dollar esa xalqaro moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keladi, – deydi “O‘zsuvta’minot”AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov. – Bu orqali 23 ta suv inshooti, 139 ta stansiya, 2 140 km tarmoq qurilishi, 225 ming hisoblagich o‘rnatilishi va 712 ming aholining ichimlik suviga, 135 ming xonadonning oqova tizimiga ulanishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, 2025-2029 yillarda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 125 million dollarlik “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini amalga oshiryapmiz. Loyiha doirasida 4 838 ta ultratovushli hisoblagich, 80 ming km suv tarmoqlari, 15 ta ma’lumotlar markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, oqova tizimlarini ekologik jihatdan samarali boshqarish maqsadida BAAning “Envirol” kompaniyasi bilan hamkorlikda 50 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida yog‘ to‘plovchi uskunalar o‘rnatilib, yig‘ilgan chiqindi yog‘lar qayta ishlab, sovun va yonilg‘i mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv va texnologik yechimlarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali aholi turmush darajasini oshirish, sog‘lom ekologik muhit yaratish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eG6M6v6sh8c" title="Xalqaro anjuman: Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nilufar Bozorova, Nishonboy Abduvoitov (video),

Anvar Ahmedov, O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro anjuman: Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar (+video)