“Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!”
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarimiz armiyaning har tomonlama yordami va ko‘magini hayotning barcha sohalarida his etmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi sa’y-harakatlar yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini hamda Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetiga biriktirilgan mexribonlik uylarida, oilaviy mexribonlik uylarida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-kursantlar tomomnidan qator ishlar amalga ogirilmoqda. Ushbu tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etishda atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan hamda xalqaro tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etgan harbiy xizmatchi va sportchilar jalb etilib kelinadi.
Shuningdek, harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda harbiy xizmat o‘tash sharoitlarini yaxshilash, qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar joriy etish bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmunini, “Xalq va armiya - bir tanu bir jon!" tamoyili mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazib kelinadi.
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolari, xizmat burchini bajarish chog‘ida nogiron bo‘lib qolgan harbiylar, e’tibor hamda ko‘makka muhtoj Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, shuningdek, Qurolli Kuchlar faxriylariga moddiy hamda ma’naviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
O.Azamjonova,
Jamoat xavfsizligi universiteti
kafedra o‘qituvchisi