O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit xizmati faoliyatining yillik natijalari sarhisob qilindi.

Anjumanda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov 2021 yil yakunlari bo‘yicha ichki audit xizmati faoliyati natijalari, moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. 

– 2021 yilda ta’lim muassasalarining xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvaliga muvofiq rejalashtirilgan mablag‘lardan 143 milliard so‘mi maqbullashtirilgan. 2022 yilning 15 fevralga qadar vazirlik tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 142 milliard so‘mlik mablag‘lar maqbullashtirilib, bugungi kunda ushbu ishlar Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti bilan birgalikda davom ettirilmoqda. 

Aniqlanayotgan kamchiliklardan kelib chiqib hamda ularni kelgusida takrorlanmasligini oldini olish maqsadida Hisob palatasi ko‘rsatmalariga asosan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda inson omilini kamaytirish va rejalashtirishdagi kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha “UzASBO” dasturiy majmuasiga o‘zgartirishlar kiritilib, yangi modul va avtomatik cheklovlar joriy etildi.  

Shuningdek, “Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona elektron dasturiy majmua – erp.maktab.uz” axborot tizimi ishlab chiqildi. Mazkur tizimda maktablar, ulardagi o‘qituvchi va o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar kiritilishi hamda ularga tegishli ma’lumotlarni inson omilini cheklash uchun boshqa tizimdagi ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash nazarda tutilgan. Bundan tashqari, tizimda amalga oshirilayotgan davlat xaridlari monitoringini olib borish bo‘yicha elektron dastur ishlab chiqildi. 

Anjuman davomida moliyaviy xato, kamchilik, o‘g‘irliklar haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 2021 yil davomida tizim ta’lim muassasalarida 91,1 milliard so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar, shundan 27,1 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilganligi aniqlandi. 

Hisob palatasi boshchiligida o‘tgan yili Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan tekshirishda xodimlarning daromad solig‘ini Davlat byudjetiga o‘tkazmasdan, tizimda ishlamaydigan begona shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish orqali 11,5 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilganligi aniqlangan. 

E’tiborli jihati 2020 yilda vazirlik tomonidan Andijon shahrida 28,4 milliard so‘m mablag‘ naqd pul mablag‘larini kassaga kirim qilmasdan va ishlamaydigan xodimlarga to‘lash orqali o‘zlashtirilganligi aniqlanib, huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan edi. 

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tizimdagi moliyaviy mablag‘larni talon-taroj qilishda oldingi o‘rinda ekanini ko‘rishimiz mumkin. 

Vazirlik mas’ullarini bergan ma’lumotiga ko‘ra, tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 161 ta 76 milliard so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.  

Fayzullo Yahyoyev,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi tizimida moliyaviy o‘g‘irlik holatlari bo‘yicha Andijon viloyati “peshqadam”