O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida haqiqatan ham bu buyuk shoir o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani, she’r va dostonlarida aks etgan insonparvarlik g‘oyalari xalq qalbidan chuqur joy olgani alohida ta’kidlanadi.

Darhaqiqat, o‘zbeklar uchun Navoiy va Bobur, ozarbayjonlar uchun Nizomiy va Fuzuliy, tojiklar uchun Rudakiy va Jomiy, qozoqlar uchun Abay va Jambul, qirg‘izlar uchun To‘qtag‘ul va To‘g‘aloq Mo‘lda, turkmanlar uchun Maxtumquli va Mullanafas qanchalar ardoqli bo‘lsa, qoraqalpoqlar uchun Berdaq va Ajiniyoz shu qadar qadrlidir. Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olib, o‘sha zamon Xorazm adabiy muhitida karvonboshilik qilgan Ogahiy hazratlaridan duo olib, Komil Xorazmiydek tengdosh shoir bilan do‘stlashgan, diniy bilimlarni mukammal egallagani uchun oxun maqomini egallagan shoir turkiy xalqlar lirikasiga bebaho sahifalar qo‘shdi. Ajiniyoz oxun Qo‘siboy o‘g‘lining adabiy merosi YUNESKO tomonidan tan olingani, jahonning bir qancha tillariga tarjima qilingani ham bejiz emas.  

Buyuk qoraqalpoq adabiyoti nafaqat boy, balki olis tarixga ham egadir. Atoqli so‘z zargari So‘pposli Sipira Jirov Ajiniyoz va Berdaqdan besh yuz avval quyidagi satrlarni bitgan edi:  

"Biy qoshinda biyikman,  

Cho‘llab yurgan kiyikman.  

Qush bor joyda qanotman,  

Kuch bor joyda quvvatman".  

Maxtumquli Firog‘iy bilan bir davrda yashagan Jiyan Jirov Tog‘ay o‘g‘li esa:  

"Xalqing bilan qo‘l ushlashib  

Bormadingmi? O‘lganing –  

Murodingga yetolmasdan  

Qizil gulday so‘lganing…", deb yozgan edi. Ajiniyozdan 25 yosh katta zamondoshi Kunxo‘ja Ibrohim o‘g‘li xalqning nochor ahvoli haqida:  

"Egnimga tortmoqqa yo‘q biror kiyim,  

Og‘aynim ham yo‘qdir yo g‘amxo‘r biyim", deganida to‘la haq edi. Ajiniyoz o‘z davrining ro‘y-rost tasvirini «Bo‘zotov» nomli dostonida tugal chizib beradi. Unda ochlik, haqsizlik girdobida qolgan, turli hududlarga tariqdek sochilib ketgan xalqi haqida:  

"Otadan ayrildi qalpoqli o‘g‘lon,  

Sotildi, hur boshin ayladi g‘ulom.  

Kimlar Iroq ketdi, kimlar ketdi Shom,  

Kimsalar Kurd, Tehron tushdi, Bo‘zotov", deb yozdi. Mash’um zamon, zolim tuzum, umidsizlik, urush va talonlar shoir she’rlarida o‘z aksini topgan:  

"Alif qaddim doldek bo‘lib bukildi,  

Ko‘zlarimdan qonli yoshim to‘kildi.  

Yo‘l bo‘yiga uygan asl yukimni  

Bozorga eltgudek karvon bo‘lmadi", deydi Ajiniyoz armon bilan. Bu sahroda yaralgan mahzun simfoniyaning bir bo‘lagi edi. Bu satrlar uning ulug‘ zamondoshi Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘lining quyidagi mag‘zi to‘q misralariga hamohang edi:  

"Birovlar och, birovlar to‘q,  

To‘q odamning qayg‘usi yo‘q,  

Och odamning uyqusi yo‘q,  

Ani to‘qlar bilgan emas".

Ajiniyoz tengsiz so‘z zargari edi. Uning qozoq shoirasi Qiz Mengesh bilan aytishuvi o‘z zamonasining eng ulug‘lari tomonidan e’tirof etilgan edi. Kunxo‘ja va Berdaq kabi Ajiniyoz ham o‘z asarlarida odil hukmdor orzusini ifodalagan edi. Ajiniyoz o‘qigan Sherg‘ozixon madrasasi devoriga uning to‘rt satr she’ri yozib qo‘yilgan. Xiva shahrining 2500 yilligi tantanalarida mustaqil mamlakatimizning birinchi rahbari mazkur satrlarni e’tibor bilan o‘qidilar. Biz o‘sha joyning o‘zida to‘rtlikni o‘zbek tiliga tarjima qildik:  

"Qashqaldoqqa bir qatlamcha yog‘ bitsa,  

Shovqin solib qo‘nar ko‘lin tanimas.  

Podshohning davlati qaytayin desa,  

Ko‘zini yog‘ bosib, elin tanimas".  

Inson baxtu saodati Ajiniyoz lirikasining negizini tashkil etadi. O‘z so‘ziga sodiq va sobit shoir ilg‘or jamiyat, komil inson maqsadi, sof insoniy muhabbat, vafo maqsadi bilan yashaydi. Yor va diyor ishqi Ajiniyoz ijodining qaymog‘idir:  

"Lablaring pistadek, tishing marjondir,  

Ko‘rgan hayron, ko‘rmaganga armondir,  

Har bir so‘zing dardli qulga darmondir,  

Xabar bering, parizodim, yo‘l bo‘lsun".  

Shoirning «Kerakdur», «Yaxshi», «Go‘zallar», «Bo‘zotovli nozanin» «Ayrilsa», «Yigitlar», «Bo‘lmaguncha», «O‘tarsan» kabi o‘nlab she’rlarining aksar qismi xalq qo‘shiqlariga aylangan. Ular xalq artistlari O.Shamuratova, S.Mambetova, B.Matchonov, G.Sirimbetova va boshqalar tomonidan kuylangan. Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni I.Yusupov «Ajiniyoz» operasiga libretto yozdi.  

Xalqchil shoir tavalludining 200 yilligi munosabati bilan uning asarlari qayta nashr etilishi, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni chop etish nazarda tutilgani ayni muddao bo‘ldi. Chunki, shoir asarlarining shu kungacha qilingan tarjimalaridan bir qanchasi tahrirga muhtoj. Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillari o‘rtalarida chop etilgan «Qoraqalpoq poeziyasi antologiyasi»da shoirning «Minib arabi otlar» satri «Minib arava-otlar» shaklida ketib qolgan. Taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori Ayitmurat Alniyazov bunday qusurlardan juda ko‘pini aniqladi. Yangi nashrlarni tayyorlashda ana shunday olimlar fikri hisobga olinsa yaxshi bo‘lardi.  

Qarorda «Ajiniyoz» badiiy-publitsistik filmini yaratish, Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan «Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan» mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovini o‘tkazish belgilangani nur ustiga a’lo nur bo‘libdi. Ulug‘ shoir o‘z she’r va dostonlari bilan yana qancha asrlarga va nasllarga beminnat xizmat qilaveradi.  

Yangiboy Qo‘chqorov,  

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,  

Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq qalbidan joy olgan shoir