O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar jarayonida sudning vakolatlarini kengaytirish barobarida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi institutlardan samarali foydalanishga ham e’tibor qaratilmoqda.

Buning uchun ilg‘or xalqaro tajriba chuqur o‘rganilib, eng foydali jihatlar milliy qonunchilikka, amaliyotga joriy etilmoqda. Shulardan biri xalq maslahatchilari instituti bo‘lib, sudlarda adolatli qaror qabul qilinishida uning o‘ziga xos o‘rni bor.  

Biroq xalq maslahatchilari ishtirokida jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda ayrim muammolar yo‘q emas.  

Ma’lumki, odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadi. Shu sababli ularning inson taqdirini hal etishdagi mas’uliyati va javobgarligi sudyalar bilan teng bo‘lmog‘i lozim. Lekin qonunchilikda (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 182-moddasida) mansabdor shaxsning xalq maslahatchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun sudga borishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, xalq maslahatchisining hech bir sababsiz sud majlisiga kelmagani uchun javobgarlik belgilanmagan.

Xalq maslahatchisi sifatida, odatda, nafaqa yoshidagi yoki davlat tashkilotlarida ishlamaydigan fuqarolar saylanadi. Ularning sud majlisiga vaqtida kelmasligi boshqa sud ishtirokchilarining soatlab kutib qolishiga olib keladi. Xalq maslahatchisining turli sabablar bilan sudga kelmay qolishi oqibatida (zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashmagan holatlarda) boshqa xalq maslahatchi qatnashishi sud majlisining yangidan boshlanishi, bu esa boshqalarning ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, sud majlisiga kelmay qolgan xalq maslahatchisining o‘rniga qatnashayotgan yangi xalq maslahatchisi qatnashgan vaqtdan boshlab sud majlisini yangidan boshlamasdan, sud majlisini davom ettirishni belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Chunki yangi tayinlangan xalq maslahatchisi jinoyat ishi materiallari va sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib olish yo‘li bilan barcha holatlardan xabardor bo‘lishi mumkin. Bunday xolatda zaxiradagi xalq maslahatchisining qatnashishiga zarurat ham qolmaydi.

Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikda zaxiradagi xalq maslahatchisining vakolatlari, uning sud majlisida ishtirok etish tartibi, taraflarga savollar berish va boshqa protsessual harakatlarda qatnashish tartiblari aniq belgilanmagan. Shu sababli zaxiradagi xalq maslahatchisini qonunchilikdan chiqarish lozim.  

Amaliyotda xalq maslahatchisi saylovi nomigagina o‘tkazilishini ham oqlab bo‘lmaydi. Ko‘pincha tashkilotda sal yengil yumushlarni bajaradigan shaxslar maslahatchilikka tavsiya qilinadi. Aslida xalq maslahatchisini saylashda jamoada o‘z o‘rniga ega, malakali, bilimli va mas’uliyatli xodim tanlanishiga e’tibor qaratilishi kerak. Aynan shunday xodimlar saylanmaganidan keyin xalq maslahatchilari jinoyat ishi bo‘yicha mustaqil, ravon fikr bildira olmaydi. Ishi ko‘rilayotgan fuqaroning taqdiriga mas’uliyat bilan yondasha olmasligi esa kunday ravshan.  

Shu sababli 2021 yilning oxirida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi halq maslahatchilari saylovini mas’uliyat bilan o‘tkazish zarur. Hududlarda tashkil etilgan sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolarining bevosita ishtirokida saylovni korxona, muassasa yoki tashkilot doirasida o‘tkazish bilan chegaralanib qolmasdan, kengroq doirada o‘tkazish lozim. Tuman (shahar) miqyosida katta amaliy va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarning nomzodlarini ko‘rsatib, ular orasidan munosiblarini saylash maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, viloyat sudi sudyalari ham tuman (shahar)larda (sayyor) sud majlislarini o‘tkazishda o‘sha hududdagi halq maslahatchilarini jalb qilishiga qonun yo‘li bilan ruxsat berilmog‘i lozim. Chunki o‘sha hududdagi xalq maslahatchilari ko‘rilayotgan jinoyat ishining kelib chiqish sabablari, ayblanayotgan shaxsni yaxshi biladi. Bu esa sudning sifatini oshiradi hamda jamoatchilik ishtiroki va ta’sirchanligining real ta’minlanishiga xizmat qiladi.  

Amaldagi qonunchilikda esa viloyat sudining sudyasi tegishli hududga borib jinoyat ishini mazmunan ko‘rishda faqatgina viloyat sudi uchun saylangan xalq maslahatchisi ishtirok etadi.  

Bundan tashqari, xalq maslahatchilari ma’lum bir jinoyat ishini ko‘rish vaqtida asosiy ish joyidagi vazifalarni bajarishdan ozod qilinishi, bunga esa sudya tomonidan buni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo‘lishi kerak. Amalda esa ayrim tashkilot rahbarlari xalq maslahatchisining sudda ishtirokiga to‘sqinlik qilish, ularga sudda qatnashgan davri uchun oylik ish haqini bermaslik yoki vaqtida bermaslik holatlari mavjud. Shu bois ushbu masala bo‘yicha tashkilot rahbarlarining javobgarligi kuchaytirilishi mavjud muammoni bartaraf etadi.  

Shuningdek, xalq maslahatchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida faoliyatiga qarab ularni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish foydadan holi emas. Bu ularning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Sud muhokamasida rahbarlikni raislik qiluvchi sudya amalga oshirsada, ish yuzasidan dalillarni tekshirish, o‘rganish va baho berish hay’at ishtirokida hal qilinadi. Ishni muhokama qilish davrida kelib chiqqan, hay’atda hal qilishni talab qiluvchi masalalar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar raislik qiluvchining fikri to‘g‘risida xalq maslahatchisining birida ikkilanish paydo bo‘lsa, bu masala ham hay’at a’zolari ishtirokida hal qilinadi.

Ko‘rinib turibdiki, xalq maslahatchilari ishni ko‘rish jarayonida to‘liq ishtirok etadi (JPKning 405-moddasi). Ishning mohiyati hamda holatlaridan to‘liq voqif bo‘ladi. Bu esa ularning sudya turli suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yishiga to‘sqinlik qila olishini anglatadi. Shu bois ham xalq maslahatchilarining mavqei va mas’uliyati oshirilishi adolatli sud tizimi barqarorligiga xizmat qiladi.  

Demak, xalq maslahatchilarining bu jarayondagi mas’uliyatini oshirish, javobgarlik masalasini ham qat’iy belgilash maqsadga muvofiq. Bunda sudya hukm (ajrim) chiqarish paytida xalq maslahatchisining o‘zi ishtirok etgan ish bo‘yicha xulosasini (verdikt) yozma ravishda sudga taqdim etish amaliyotini joriy qilish kerak.  

Xulosa qilib aytganda, jinoyat ishlarini xalq maslahatchilari bilan birga ko‘rib chiqishda ularning mas’uliyati va javobgarligini kengaytirish, qonunchilikdagi bu bosqichni mukammallashtirish vaqti keldi. Bu fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini to‘liq muhofaza qilish hamda sud tizimini yanada demokratlashtirishga xizmat qiladi.  

Sanjar Dusmanov,  

Jinoyat ishlari bo‘yicha  

Qibray tumani sudining raisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq maslahatchilari mas’uliyatini kuchaytirish odil sudlovda muhim o‘rin tutadi