Yoshlar oromgohida “Xalq diplomatiyasi va volontyorlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi va mamlakatimizdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yoshlar tashkilotlari, faol ko‘ngillilar ishtirok etdi. Munozaradan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq diplomatiyasining xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati, volontyorlik harakati madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning muhim vositasi ekanini ta’kidlashdan iborat.

Ishtirokchilar xalq diplomatiyasi va volontyorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ko‘ngillilar tashabbuslarining xalqaro munosabatlarga ijobiy ta’siri, xalqlar do‘stligini mustahkamlash kabi muhim masalalarni muhokama qildilar. O‘zbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan turli loyiha va tajribalarga alohida e’tibor qaratildi.

Markaz rahbari Qobiljon Sobirov xalq diplomatiyasining davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishdagi beqiyos ahamiyatiga to‘xtalarkan, ko‘ngilli tashabbuslar ham xalqlar o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishini qayd etdi. Yoshlarni tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlab, bu jarayon turli mamlakatlar bilan yangi aloqalar o‘rnatish, sheriklikni shakllantirishga yordam berishini ta’kidladi.

Muhokamalar doirasida xalqaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqib, amalga oshirish, yoshlarni xalq diplomatiyasiga faol jalb qilishga yo‘naltirilgan tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar volontyorlik harakatini rivojlantirish va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish borasida hamkorlikka tayyorliklarini bildirdilar.

O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq diplomatiyasi va volontyorlik