Shu kunlarda Xitoyning Shenyan shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti shafeligida o‘tkazilayotgan “Xalq diplomatiyasi” va “Birodarlashgan shaharlar” forumlarida O‘zbekiston vakillari faol ishtirok etmoqda.

Tadbirlar SHHTning Xitoydagi Qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik qo‘mitasi, Xitoy xalqi xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati va Lyaonin viloyati xalq hukumati ko‘magida tashkil etilgan.

O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov “Birodarlashgan aloqalar va savdo-iqtisodiy hamkorlik” mavzusidagi sessiyada hamda Shenyan bilan birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiyada qatnashdi.

Mamlakatimiz vakili xalq diplomatiyasining davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va anglashuvni mustahkamlashdagi muhim o‘rnini ta’kidlarkan, xalqlar o‘rtasidagi madaniyat, tarix va dunyoqarashni o‘zaro anglash do‘stlik poydevorini mustahkamlashiga urg‘u berdi.

Forum doirasida yoshlar uchun innovatsiya va ilg‘or ishlab chiqarishga bag‘ishlangan anjuman ham bo‘lib o‘tadi.

Tadbir yakunida “SHHT mamlakatlarida xalq diplomatiyasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Konsensus” va “Shenyan tashabbusi” qabul qilinishi, qator shaharlar va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikka oid bitimlar imzolanishi kutilyapti. Xususan, O‘zbekiston Xalq diplomatiyasi markazi va Xitoy xalqi xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq diplomatiyasi markazi vakillari SHHT forumlarida ishtirok etyapti