Xalq demokratik partiyasining 35 yillik taraqqiyot yöli
Bu yil Özbekiston Xalq demokratik partiyasi taşkil topganiga 35 yil töldi. Şu munosabat bilan partiya taşkilotlarida 35 yillik bayram tadbirlari taşkil etildi.
Xususan, partiya Markaziy Kengaşida ötkazilgan tantanali tadbirda partiya faollari, deputatlar, faxriylar va yoşlar iştirok etib, partiyaning 35 yillik tarixiy rivojlaniş bosqiçlarini eʼtirof etdilar.
— 35 yillik tarix kelajak taraqqiyoti uçun mustahkam poydevor, boy siyosiy tajriba va ulkan masʼuliyat maktabi böldi, — dedi ÖzXDP Markaziy Kengaşi raisi U.Inoyatov. — Ötgan yillar davomida partiyamiz mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib örin egalladi. Ijtimoiy davlat tamoyillarini qaror toptiriş hamda demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etiş jarayonlariga salmoqli hissa qöşib kelinmoqda. Kelgusida ham öz ğoya va qadriyatlarimizga sodiq, zamon talablari bilan hamnafas bölib, xalq bilan muloqotni yanada kuçaytiriş, inson qadrini uluğlaş, imkoniyatlar tengligini taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlarni qatʼiyat bilan davom ettirişimiz lozim.
Tadbirda partiya faxriylari söz olib, jamoa bilan hamjihatlikda amalga oşirilgan taşabbuslar va erişilgan natijalar haqida töxtalib ötdilar. Bugun mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligi yölida partiya taşkilotlari va deputatlik birlaşmalarining qöşayotgan hissasiga urğu berdilar.

Tadbir davomida partiya taraqqiyotiga qöşgan munosib hissasi, köp yillik fidokorona mehnati uçun bir guruh faxriy va faollarga «Özbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori» kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi.
Qayd etilganidek, uşbu eʼtirof partiyaning şakllanişi va rivojlanişida öz mehnati, bilim va tajribasi bilan iz qoldirgan, şuningdek, bugungi ijtimoiy-siyosiy maydonda partiya ğoyalarini keng jamoatçilikka yetkazişda munosib hissa qöşayotganlarga yuksak hurmat ifodasi böldi.
M.Komilova, ÖzA