Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi videomuloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga joriy yil dekabr oyida o‘tadigan saylovlarda partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash vazifalari muhokama etildi.

Ijroiya qo‘mita yig‘ilishini O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov ochib berdi va saylovning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovda ishtiroki to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda demokratik islohotlarning chuqurlashishi, saylov jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilik yanada takomillashishi siyosiy partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining shakllanishi hamda aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi ortishiga keng yo‘l ochdi.

Bu esa siyosiy partiyalardan faoliyatini kuchaytirib borishni, mamlakatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishda ularning rolini kengaytirishni talab etadi.

Saylov kampaniyasining har bir bosqichida mas’uliyat bilan ishtirok etish, avvalo, jamoatchilikka, partiyamiz elektorati vakillariga partiya tashkilotlari hamda deputatlari tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida axborot berib borish muhim ahamiyatga egaligi alohida qayd etildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Vafoev partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi raisi X.Yeshimbetov, Qashqadaryo viloyat kengashi raisi O.Ravshanov, Farg‘ona viloyat kengashi raisi D.Mamadjonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi T.Norboev, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari M.Darxonov, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi M.Vorisova, iqtisod fanlari doktori, professor Sh.Abdullaeva, “O‘zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari Bosh muharriri S.Ostonov hamda Ijroiya qo‘mitaning boshqa a’zolari kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhim fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdi.

Hayot va islohotlar shiddati juda yuqori ekani, xalqimiz siyosiy partiyalardan qat’iy tashabbuslar va doimiy faollik kutayotgani ta’kidlandi. Bu galgi saylovlarga chuqur mas’uliyat bilan, har tomonlama puxta tayyorlanish kerakligi ta’kidlandi.

Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga 2019 yil 22 dekabrda bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylov kampaniyasi jarayonida partiya tashkilotlari tomonidan olib boriladigan tashkiliy va mafkuraviy vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida O‘zXDPning navbatdagi XI Qurultoyini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qurultoyda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga partiyadan nomzodlar ko‘rsatiladi va partiyaning Saylovoldi platformasi qabul qilinadi.

O‘zXDP Markaziy Kengashi
Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq demokratik partiyasi saylovda ishtirok etadimi?
Жамият
10:17 / 24:09:2019