Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab, joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning faol ishtirokchilaridan sanaladi. Bank tomonidan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va savdo kabi turli sohalar uchun taklif etilayotgan kredit mahsulotlari hamda xizmatlari tadbirkorlarga o‘z biznesini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlashda ko‘maklashib kelmoqda.

Shularni inobatga olib Xalq banki Buxoro viloyatidagi tadbirkorlik ob’ektlari bilan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va jamoatchilik faollarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etdi.  

Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik faollari uchun “Davlat tashkilotlarida kommunikatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida maxsus seminar-trening tashkil etildi. Unda moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan tadbirkorlik sub’ektlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.  

Shundan so‘ng, ishtirokchilar bank tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan viloyatdagi tadbirkorlik ob’ektlarida bo‘lib, manzildagi faoliyat bilan yaqindan tanishdi.  

“Sulton Malika Zardo‘z” MCHJ o‘zbek milliy hunarmandchiligini dunyoga tanitayotgan yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Milliy hunarmandchilikning nafis san’ati bo‘lgan zardo‘zlik va kashtachilik orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosini dunyoga tanitib, xorijiy bozorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.  

[gallery-19933]

Korxona o‘z faoliyatini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida Xalq bankidan 1 milliard 200 million so‘mlik kredit olgan. Ushbu moliyaviy yordam evaziga korxona uskunalar xarid qilib, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirdi.  

– Bugungi kunda korxonada 40 dan ziyod ishchi faoliyat yuritmoqda. Ular milliy hunarmandchilikning eng yaxshi namunalarini yaratishga xizmat qilmoqda, – deydi korxona rahbari Mahfuza Salimova. – Xorijiy mijozlar orasida milliy zardo‘zlik va kashtachilik mahsulotlariga katta talab bor. Korxona mahsulotlari ichki bozordan tashqari BAA, AQSH va Qozog‘istonga ham eksport qilinmoqda.  

Xalq banki hunarmand tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga, texnologik yangiliklarni joriy qilishga va xalqaro bozorga chiqishga ko‘maklashmoqda. “Sulton Malika Zardo‘z” MCHJning muvaffaqiyati ushbu moliyaviy ko‘makning samarali ekanligini ko‘rsatib, O‘zbekistonning milliy hunarmandchilik sohasidagi yutuqlarini jahonga tanitishda muhim rol o‘ynamoqda.  

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan aniq javoblar oldi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9u3hsM21ARI?si=ZHVjaE-jyNy2rO6n" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (video+surat),

O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki tadbirkorlarga madad bo‘lmoqda