Xalq banki kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etmoqda. Endilikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun faktoring xizmatlari elektron platforma orqali taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-109-sonli Farmoni asosida yaratilgan ushbu tizim kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqib, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, raqamli texnologiyalar yordamida biznes jarayonlari soddalashtiriladi.

Elektron platformaning ishlash mexanizmi

Xalq banki mijozlariga ushbu platforma orqali faktoring xizmatidan foydalanish uchun ma’lum bir limit ajratadi. Mazkur limit mijozning barcha tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlariga ko‘rinadi. Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar o‘z debitorlik qarzdorligini (pul talab qilish huquqini) bankka sotish uchun murojaat qilishi mumkin. Bank bu huquqni ma’lum bir diskont asosida sotib oladi, xaridor esa kelishilgan muddatda to‘lovni amalga oshiradi.

Elektron platformaning asosiy imkoniyatlari

• Onlayn ariza topshirish

Tadbirkorlik sub’ektlari faktoring xizmatlaridan foydalanish uchun zarur hujjatlarni elektron shaklda topshirishi mumkin. Avtomatlashtirilgan jarayonlar vaqtni tejash imkonini beradi.

• Elektron shartnomalar tuzish

Faktoring shartnomalarini platforma orqali elektron shaklda rasmiylashtirish va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash imkoniyati mavjud.

• Qulay to‘lov tizimi

Platforma turli bank tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, to‘lov jarayonlarini qulay va samarali qiladi.

• Moliyaviy resurslarga tezkor kirish

Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari platforma orqali moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

• Xavfsizlik va maxfiylik

Platforma zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan ta’minlangan. Foydalanuvchilarning moliyaviy ma’lumotlari himoyalanadi. Har bir mijoz uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, unda barcha operatsiyalar tarixi saqlanadi.

Bir so‘z bilan, ushbu elektron platforma tadbirkorlarga moliyaviy jarayonlarni soddalashtirish, vaqtni tejash va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Reklama

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq Banki: Elektron faktoring platformasi – tadbirkorlik rivoji uchun zamonaviy yechim