Xalilov Sirojiddin Panjiyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi, model va algoritmlari” mavzusida
Xalilov Sirojiddin Panjiyevichning 05.01.10-“Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha “Masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi, model va algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 25-dekabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 108-uy. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Tel.: (99871) 238-64-89
e-mail: info@tuit.uz