X asr ilmiy-ma’rifiy muhitida islomiy manbalarni ta’vil qilish an’analari va Imom Moturidiyning “Ta’vilotu-l-Qur’on” asari
Olovxon Jaxfarovich NEMATOVilmiy xodim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Qur’oni karim oyatlarini ta’vil qilishga ehtiyojning paydo bo‘lishi tarixi, sabablari va dastlabki ta’vil ulamolari haqida so‘z yuritiladi. Xususan, buyuk vatandoshimiz Imom Moturidiyning bu boradagi faoliyati “Ta’vilotu-l-Qur’on” asari asosida yoritib beriladi.
Tayanch so‘zlar: Ta’vil, tafsir, ijtihod, istiloh, mutakallim, majoz, mutashobih, ixtilof, ma’no, ibora.