Shu kunlarda Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjuman Samarqand shahrida o‘tayotgani mintaqaning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol namoyon etmoqda.

Kuni kecha mazkur anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizga Butunjahon jang san’atlari ittifoqi (WoMAU) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Aytish lozim, Samarqandda davom etayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etadigan Butunjahon jang san’atlari ittifoqi (WoMAU)ga 26 mamlakatning 28 ta tashkiloti a’zo hisoblanadi.

Tinchlik, adolat va insoniy qadriyatlarni madaniy meros sifatida targ‘ib etib kelayotgan WoMAU 2009 yildan YUNESKOning rasmiy hamkori, 2010 yildan esa nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning maslahatchi tashkiloti maqomini olgan.

2011 yilda esa Janubiy Koreya hukumati bilan hamkorlikda Xalqaro jang san’atlari markazi tashkil etilgan bo‘lib, u YUNESKOning 2-toifa instituti sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda WoMAU YUNESKO bilan hamkorlikda an’anaviy jang san’atlarini asrash, ularni jahon miqyosida targ‘ib qilish hamda madaniy almashinuvni kuchaytirish yo‘lida faol ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, YUNESKO sessiyasida 190 mamlakatdan 2800 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida 150 dan ortiq xalqaro uchrashuv, madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
WoMAU delegatsiyasi O‘zbekistonda