WADA Osiyo olimpiya kengashini jarimaga tortdi
Jahon aksildoping agentligi (WADA) Xitoyda o‘tkazilgan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarida Shimoliy Koreya bayrog‘idan foydalangani uchun Osiyo olimpiya kengashiga 500 ming dollar jarima solinganini tasdiqladi.
Aytish joiz, WADA 2021 yildan e’tiboran, doping testini o‘tkazish bo‘yicha samarali dastur amalga oshirilmagani tufayli Shimoliy Koreyaga yirik xalqaro sport tadbirlarda o‘z bayrog‘idan foydalanishni taqiqlagan.

WADA bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, sanksiyalangan davlat bayrog‘i Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida, jumladan ochilish va yopilish marosimi hamda medal taqdimotida namoyish etilgan.
Jahon aksildoping agentligi ma’lumotiga ko‘ra, WADAning Muvofiqlik kodeksiga hozir KXDR, Gabon va Rossiya, shuningdek Osiyo Olimpiya kengashi, Xalqaro fitnes va bodibilding federatsiyasi rioya qilmayapti. Bu xalqaro sport talabi buzilishi, o‘zaro munosabatda nomutanosiblik kelib chiqishi, sportchilar huquqi bo‘linishiga olib kelmoqda.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA