Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlariga eʼtibor qaratildi
Bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularning xavfsiz va soğlom muhitda kamol topişini taʼminlaş davlat siyosatida ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda bolalar manfaatlarini taʼminlaş, ularni har qanday tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda hayotda öz örnini topişi uçun zarur şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uşbu vazifalar ijrosi doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Inson huquqlari böyiça Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga taşrif buyurdi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlari qay darajada taʼminlanayotganini örganiş, ularning yaşaş şaroitlari bilan tanişiş hamda mavjud muammolarga yeçim topişdan iborat böldi.
Muloqotlar davomida mintaqaviy vakil bolalar bilan yakka tartibda va guruhlarda oçiq, samimiy suhbatlar ötkazdi. Ularning kundalik hayoti, öy-taşvişlari, duç kelayotgan qiyinçiliklari va kelajak rejalarini tingladi. Ayniqsa, har bir bolaning fikri va murojaatiga alohida eʼtibor qaratib, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlaşga harakat qildi.


Örganiş jarayonida markazda yaratilgan şaroitlar, jumladan, yaşaş xonalari, ovqatlaniş, tibbiy xizmatdan foydalaniş, taʼlim oliş hamda böş vaqtni mazmunli taşkil etiş imkoniyatlari közdan keçirildi. Şu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan avval tazyiq, kamsitiş yoki zöravonlik holatlari sodir etilgan-etilmagani ham alohida örganildi.
Uçraşuvda bolalarga qonun bilan kafolatlangan huquqlari, ular buzilgan taqdirda tegişli idoralarga murojaat qiliş tartibi va huquqiy himoya mexanizmlari tuşuntirildi. Şuningdek, huquqbuzarliklardan yiroq böliş, hayotda töğri qaror qabul qiliş, kelajakka işonç bilan qaraş va oila bağriga qaytiş masalalari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Eʼtiborli jihati, bunday uçraşuvlar faqat mavjud holatni nazorat qiliş bilan çeklanmaydi. Ular bolaning qalbiga quloq tutiş, muammosini öz vaqtida anglaş va uning kelajagiga befarq bölmaslik imkonini beradi. Zero, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj har bir voyaga yetmaganning ortida alohida taqdir, orzu va umidlar bor. Ularni tinglaş, qöllab-quvvatlaş va jamiyatga moslaşişiga kömaklaşiş huquqiy himoyaning muhim tarkibiy qismidir.
Şu maʼnoda, Ombudsman instituti va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligidagi bunday profilaktik tadbirlar bolalar huquqlarini işonçli himoya qiliş, ehtimoliy tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş, yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi. Bu boradagi hamkorlik va manzilli işlarni izçil davom ettiriş belgilangan.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri