Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “Bolalarni ijtimoy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu loyiha bilan 20 ta qonun hujjatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylik organi etib “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari belgilanmoqda. Shuningdek, vasiylik va homiylik bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining vazifa va vakolatlari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, xorijda yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarni vataniga qaytarishda konsullik muassasalarining rolini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘rishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, xususan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy asoslar yaratiladi. Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari, ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki zo‘ravonlikdan himoyasi ta’minlanadi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voyaga yetmagan bolalar himoyasi ta’minlanadi