Filippinning Pasay shahrida voleybol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bosqichi yakunlandi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatning 1/4 finalida Italiya terma jamoasi Belgiya termasini 3-0 hisobida yenggan bo‘lsa, Polsha – Turkiya bahsi 3-0 hisobida yakunlandi. Shuningdek, Chexiya 3-1 hisobida Eronni, Bolgariya 3-2 hisobida AQSH terma jamoasini taslim etdi.
Shu tariqa, jahon chempionatining yarim final bahslarida Italiya – Polsha, Chexiya – Bolgariya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi. Mazkur uchrashuvlar 27 sentyabr kuni tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida: voleybol bo‘yicha 2022 yilda Polsha va Sloveniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida Italiya terma jamoasi chempionga aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA