Mamlakatimizda davom etayotgan voleybol bo‘yicha U-19 erkaklar terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalarining to‘rtinchi kungi o‘yinlari ortda qoldi.

Poytaxtimizdagi “Yunusobod“ sport saroyi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmualarida o‘tayotgan o‘yinlarda 16 ta jamoa ishtirok etmoqda.

“A” guruhida O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Argentina jamoasidan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan vaziyatda Pokiston guruhda birorta ham setda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.

Muhammad Yahyoning yorqin o‘yini tufayli Pokiston termasi Puerto-Rikoni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bir tur avval murakkab o‘yinda argentinaliklardan omadsizlikka uchragan Turkiya Belgiyaga 1:3 ko‘rinishida taslim bo‘ldi.

[gallery-24510]

Amaldagi jahon chempioni Fransiya “B” guruhida yetakchilikka da’vogar ekanini Yaponiya jamoasi bilan to‘qnashuvda yana bir karra namoyish etdi. Kutilmagan burilishlarga boy kechgan uchrashuvda fransuzlar kunchiqar yurt vakillarini 3:2 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi. Mazkur guruhda chempionlikka da’vogar Bolgariya Kanadani 3:0, Xitoy Jazoirni 3:0 hisoblarida yengdi.

“D” guruhida Kolumbiya terma jamoasi besh set davom etgan uchrashuvda Kubani 3:2 hisobida mag‘lub etib, turnirdagi ilk g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Finlyandiya Janubiy Koreya termasini 3:2 natijasi bilan dog‘da qoldirdi. Braziliya-AQSH uchrashuvida 3:0 hisobi qayd etildi.

“S” guruhida Ispaniya terma jamoasi qiyin kechgan uchrashuvda Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, jahon chempionatidagi ilk mag‘lubiyatini hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bu guruhdagi qolgan uchrashuvlarda Eron-Misr - 3:0, Polsha-Tunis - 3:0 hisoblari qayd etildi.

Beshinchi kungi o‘yinlar ostonasida “A” guruhida Pokiston, “B” guruhida Bolgariya, “D” guruhida Finlyandiya mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda.

Bugun, 29 iyul kuni o‘tkaziladigan o‘yinlarda O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Belgiya jamoasi bilan kuch sinashadi. Chempionatda hali biron marta mag‘lubiyatga uchramagan Pokiston bugun Argentina bilan, Bolgariya Fransiya bilan, Finlyandiya jamoasi Kolumbiya bilan to‘qnash keladi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

Alimurod Mamadaminov (surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Jahon chempionatida Pokiston mag‘lubiyatsiz odimlamoqda