Voleybol bo‘yicha mamlakat chempionati bahslaridan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha mamlakat chempionatining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Oliy liga jamoalari ishtirokida o‘tayotgan musobaqada 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashayotir.
Mazkur bosqichda jamoalar chempionat jadvalidagi o‘z o‘rnini mustahkamlash va yuqori pog‘onalar uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritish maqsadida maydonga tushgan.
[gallery-28926]
Uchrashuvlar kutilganidek, keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Har bir bahsda jamoalarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi raqobatni yanada qizg‘in tus oldirmoqda.
Oliy liga jamoalari o‘rtasidagi mamlakat chempionatining to‘rtinchi tur uchrashuvlari 25-aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA