Vohidov Elbek Rahimovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Homilador ayollarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirishning etiopatogenetik jihatlari” mavzusida
Vohidov Elbek Rahimovichning 14.00.21- “Stomatologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Homilador ayollarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirishning etiopatogenetik jihatlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 1 fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Amir Temur” ko‘chasi,
18-uy.
Tel/faks: (+99866) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammu.uz