Bugungi kunda teri bilan bog‘liq muammolar: teri kasalliklari, teri rangining o‘zgarishi, terida oq dog‘larning paydo bo‘lishi, toshmalar toshishi va boshqa shunga o‘xshash kasalliklar ko‘p uchraydi. Vitiligo kasalligi ham ana shulardan biri bo‘lib, u ayniqsa, bemorning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ijtimoiy mavqeiga, odamlar bilan munosabatlariga ta’sir qiladi.

Buning sabablari nimada, tibbiyotda bu kabi muammolarni to‘liq bartaraf etishning yo‘llari bormi? Terining yorqinligini, tiniqligini, salomatligini asrash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Mamlakatimizda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Sohaga qaratilayotgan e’tibor qay darajada?

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ulug‘bek Sobirovga shu va boshqa savollar bilan murojaat qildik.

– Hozirda ko‘p uchrayotgan vitiligo xastaligining kelib chiqish sabablari haqida gapirib bersangiz.

– Vitiligo teriga rang beruvchi modda, ya’ni melanin yetishmasligi hisobiga kelib chiqadi. Hozircha bu kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar to‘liq o‘rganilmagan. Lekin kasallikni rivojlantiruvchi bir nechta nazariyalar mavjud. Ular autoimmun, nevrologik, endokrin, nasliy va atrof muhit omillaridir. Autoimmun nazariyada organizm o‘z melanotsitlariga (melanin ishlab chiqaruvchi hujayra) qarshi hujum qiladi. Nevrologik jarayonda stress holatida tanamiz katexolaminlarni ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi, bu esa o‘z navbatida melanotsitlarni zararlaydi. Genetik moyillik o‘z nomi bilan aytib turibdiki, vitiligo bilan kasallangan insonlarning yaqin oila a’zolarida 20-30 foizgacha vitiligo kasalligi aniqlanadi. Endokrin nazariyada autoimmun tireodit (Xoshimoto) va gipotireoz vitiligo bilan kasallangan insonlarning 20-30 foiz holatida uchraydi. Bunda autoimmun jarayon nafaqat qalqonsimon bezni balki melanotsitlarga ham shikast yetkazadi. Buning oqibatida terida depigment o‘choqlar hosil bo‘ladi.

Haddan tashqari ko‘p miqdorda ultrabinafsha nurlarini qabul qilish ham melanotsitlarning zaralanishiga va vitiligo rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Masalaning yana bir nozik jihati bor, u ham bo‘lsa kasallikka aniq tashxis qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Bunda hozirgi zamonaviy tekshiruv usullaridan dermatoskopiya, Vud lampasi ostida ko‘rish, gistologik tekshiruvlar keng qo‘llanilmoqda.

– Terisida oq dog‘lar paydo bo‘lgan har qanday bemor ko‘proq ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Negaki, ko‘pchilikda xastalikning davosi yo‘q degan tushuncha bor. Xo‘sh, vitiligodan butunlay xalos bo‘lishning imkoni bormi?

– Albatta bor. Bugun nafaqat dunyo miqyosida, keyingi sakkiz yilda mamlakatimizda ham tibbiyot sohasi mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Prezidentimiz boshchiligida sohaga alohida e’tibor qaratilayotganini shu sohani yaxshi biladigan shifokor sifatida e’tirof etishim joiz.

Ayni paytga kelib, ushbu xastalikni mutlaqo asoratsiz va og‘riqsiz davolash mumkin. Eng ahamiyatlisi, buning uchun ko‘p mablag‘ sarflab Hindiston yoki Yevropaga borish shart emas. Bir necha yillardan beri Dermatovenerologiya markazida yo‘lga qo‘yilgan yangi lazer texnologiyasi asosidagi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bu injiq xastalikni batamom bartaraf etishga erishib kelmoqdamiz. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, MDH davlatlari orasida aynan O‘zbekistonda ilk bor vitiligoni jarrohlik yo‘li bilan davolashning yo‘lga qo‘yilgani mamlakatimizda tibbiyot sohasida tub burilish bo‘lganining isbotidir.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga AQSHning "Candella" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Erbiyev lazer texnologiyasi olib kelingan bo‘lib, bu lazer yordamida teridagi dog‘ va nuqsonlarni mutlaqo asoratsiz bartaraf etish imkoni mavjud. 

Jarrohlik amaliyoti sog‘lom teridan melanotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish, oq dog‘larni choksiz usulda davolashni nazarda tutadi. Eng muhimi, jarayonda bemor hech qanday og‘riqni sezmaydi.

Mazkur lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida vitiligoni davolash uchun qo‘llanilayotgan eng kuchli, sifatli va samarali davolash usuli hisoblanadi.

– Demak, kasallikdan qutilishning birdan bir yo‘li – jarrohlik amaliyoti. Shundaymi?

– Yo‘q unday emas. Bemorlarda vitiligo tashxisi qo‘yilgandan keyin uni keltirib chiqaruvchi sabablari aniqlanadi va yondosh mutaxassislar bilan birga davo choralari olib boriladi. Kasallikning noturg‘un (faol) yoki turg‘un (dog‘lar paydo bo‘lishdan to‘xtagan) davriga qarab davolaniladi. Oddiy qilib tushintiradigan bo‘lsam, kasallikni davolashga qancha erta kirishilsa, jarayon jarrohlik amaliyotigacha yetib bormaydi. Jarrohlik usuli boshqa davo choralari samarasiz bo‘lgandagina qo‘llaniladi.

Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizda “Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal” degan gap bor. Shunday ekan birinchi navbatda, har qanday kasallikning oldini olish choralarini ko‘rishimiz kerak. Buning yo‘li oson. Avvalo, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, sport bilan muntazam shug‘ullanish, emotsiyaga berilib kuchli stressga tushmaslik. Ana shunda immunitetimiz mustahkam bo‘ladi. Bu esa har qanday xastalikni yengishga yordam beradi.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vitiligo – terida oq dog‘lar paydo bo‘lishining davosi bormi? – Mutaxassis javob beradi