Viskonsin shtatida 5 kishi halok bo‘ldi
AQSHning Viskonsin shtatida Rojdestvo paradi chog‘i avtomobillarning tasodifan harakatlanishi oqibatida kamida 5 nafar odam qurbon bo‘lib, 40 dan ziyod kishi jarohat oldi, — deya xabar bermoqda mahalliy politsiya.
“Bir kishi hibsda. Bu terrorchilik harakati emas”, — dedi rasmiylardan biri.
— Biz kuchli portlash ovozi va mashina urib ketgan odamlar faryodini eshitdik”, — deydi mahalliy aholi vakili Anjelito Tenorio.
O‘t o‘chirish bo‘limi boshlig‘i Stiven Xovard jurnalistlarga voqeadan keyin uning bo‘limi 11 nafar yoshi katta kishi va 12 bolani yaqin atrofdagi shifoxonaga olib ketganini aytgan.
Shahar meri Shon Reyli voqeani “dahshatli, bema’ni fojia” deya ta’rifladi. “Paradga ko‘pchilik chiqqan. Odamlar halok bo‘lgani esa juda qayg‘uli”, — deb izoh berdi u.