Kundan kunga onlayn savdo rivojlanib, iqtisodiy faollik yangi bosqichga chiqmoqda, raqamli bozor kengaymoqda.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdo-sotig‘i ham Internet, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. To‘g‘rirog‘i, onlayn platformalar bu boradagi noqonuniy savdo uchun qulay axborot maydoniga aylanib bormoqda.

Amaldagi qator qonun hujjatlariga ko‘ra, mamlakatimizda psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish taqiqlangan. Shunday bo‘lsada, monitoring jarayoni ushbu turdagi taqiqlangan axborotlarni tarqatish yildan-yilga ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda.

2023 yili “Telegram” messenjeri va ijtimoiy tarmoqlarda narkotiklar, psixotrop moddalar va prekursorlar reklamasi, ularni tarqatish bilan bog‘liq holatlar 200 dan oshmagan bo‘lsa-da, 2024 yil yakunlariga kelib, bu ko‘rsatkich 18393 tani tashkil etgan.

Jamoatchilik ham ushbu muammoga befarq emas. Misol uchun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ochilgan “Telegram” messenjeridagi @stopnarko_botʼga foydalanuvchilardan 2024 yil mobaynida 2484 ta fotoli, 128 ta videoli, 54 ta faylli, 4 ta audioli, 829 ta linkli, 17 ta ovozli, 13 ta GIFli xabarnomalar kelib tushgan.

O‘z navbatida, ichki ishlar organlari bu borada aniqlangan holatlarni qonun doirasida ko‘rib chiqib, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish, AOKA esa ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlari bilan hamkorlikda onlayn platformalar va sahifalar orqali noqonuniy kontentning tarqatilishini cheklash choralarini ko‘rmoqda.

Yuqoridagi raqamlar esa mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Buning uchun, eng avvalo, huquqiy asosni mustahkamlash, yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish kerak. Chunki, “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilinganiga ham salkam yetti yil bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida Internet va ijtimoiy tarmoqlar, umuman, raqamlashtirish sohasi sezilarli rivojlandi.

Qonunchilikka ham mos ravishda yangilanish va o‘zgartirishlar kiritish zamon talabidir.

Ma’murjon Parpiyev,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Virtual platformalar psixotrop moddalar savdosi makoniga aylanmoqda(mi)?