Virts: "O‘tkazib yuborilgan gollar meni xavotirga solmaydi"
Bir muddat birga o‘ynamaganimiz sezilib turibdi.
Germaniya terma jamoasi va "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Florian Virts Shveysariyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida gapirdi.
"Birinchi golni urgan vaqtimda to‘pni aynan shunday tarzda darvozaga tepdim desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Ammo to‘p darvozaga borib tushganidan xursandman. Aynan shunday trayektoriya olishini ham ozgina niyat qilgan edim. O‘tkazib yuborgan gollarimiz esa meni umuman xavotirga solmaydi, chunki bizda yaxshi jamoa va yaxshi himoya chizig‘i bor. Bir muddat birga o‘ynamaganimiz sezilib turibdi. Buni hammasini chetlab o‘tishimiz kerak. Biroq eng muhim jihat o‘yinlarda g‘alaba qozonish va biz buni uddalamoqdamiz", - dedi 22 yoshli xavbek.
Ma’lumot uchun, Virts Shveysariyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda 2ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.