Vinisius Junior Marokash bilan o‘yindan so‘ng ispan tilida intervyu berishdan bosh tortdi
Mikst-zonada jurnalist va futbolchi o‘rtasida quyidagicha qisqa muloqot bo‘lib o‘tdi:
Braziliya milliy terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi bahsdan (1:1) keyin ispan tilida intervyu berishni istamadi.
Mikst-zonada jurnalist va futbolchi o‘rtasida quyidagicha qisqa muloqot bo‘lib o‘tdi:
— "Men Venesueladanman, iltimos, ispancha gapiring".
— "Men esa Braziliyadaman, shuning uchun portugal tilida gapiraman", — deya javob qaytardi Vinisius.
Ushbu uchrashuv AQShning Ist-Raterford shahridagi "MetLayf" (MetLife Stadium) stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni sloveniyalik bosh hakam Slavko Vinshich boshqarib bordi.
Guruh bosqichining 2-turida Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan (20-iyun), 3-turda esa Shotlandiya bilan (25-iyun) kuch sinashadi. Marokash termasi esa 2-turda Shotlandiyaga qarshi (20-iyun), yakuniy turda esa Gaiti terma jamoasiga qarshi (25-iyun) maydonga tushadi.