Termiz tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, viloyat prokurori S.Turdiyev, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Haqnazarovlar yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning yutuq va muammolarini tingladi. Yoshlar o‘rtaga tashlagan masalalarni birgalikda hal etish yo‘llarini izladi.

– Vohada yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarda sizlarning ham munosib ulushlaringiz bor, – dedi viloyat hokimi. – Viloyatda sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda amalga oshirayotgan ishlarimiz yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotir. Zamonaviy sanoat korxonalari ishga tushirilib, osmono‘par ko‘p qavatli inshootlar bunyod etilayotir. Xizmatlar ko‘rsatish izchil rivojlanmoqda. 

Bunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar yoshlarni ham shijoat bilan mehnat qilib, o‘z tadbirkorligini keng yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. bugungi uchrashuvda sizlar bilan ana shunday maqsad yo‘lida duch kelayotgan muammolaringizni tinglab, ko‘maklashish uchun kelganmiz. O‘rtaga tashlaydigan g‘oya va takliflaringizni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Uchrashuvda yigit-qizlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorligini rivojlantirish uchun kredit olish, ishga joylashish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijod namunalarini kitob holida chop etish kabi ko‘plab masalalarda murojaat etdi.

–Mamlakatimizda biz, yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan,– deydi “Istiqlol” mahallasida yashovchi N. Choriyev. 

– Ana shu imkoniyatdan foydalanib, tijorat bankining imtiyozli kredit mablag‘i evaziga chorvachilik bilan shug‘ullanishni rejalashtirib yurgan edim. Shu maqsadda viloyat hokimidan kredit olishda amaliy yordam so‘radim. Bu taklifim qo‘llab-quvvatlanib, masala hal etiladigan bo‘lganidan juda quvondim.

Ochiq muloqotda yoshlar o‘rtaga tashlagan masalalarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Yigit-qizlar ko‘targan ba’zi muammolar shu kunning o‘zida sektorlar rahbarlari bilan joyiga chiqib, o‘rganildi. 

Jumladan, Yangiobod mahallasida yashovchi O‘rol Shamanov uyida qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanishi, bu ziroatni parvarishlash uchun suv ta’minotida tanqislik kuzatilayotganini o‘rtaga tashladi. Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi sektorlar rahbarlari bilan O‘.Shamanov xonadonida bo‘lib, masalani joyida o‘rgandi. 

Serhosil qulupnay navini yetishtirish uchun issiqxona qurish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlab, mahallada yashovchi aholi ekin maydonlarini oqova suv bilan ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rishini ta’kidladi. Bu muammoni zudlik bilan yechish bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalarni belgilab berdi. Uchrashuvda yechimi vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi: yoshlarning g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz