Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyati hokimligida videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida viloyat shahar va tuman studiyalarida 3 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati hokimligida videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida viloyat shahar va tuman studiyalarida 3 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning bu boradagi fikrini eshitish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi B.Poʻlatov yoshlar bilan muloqot qildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi aʼzolari, talabalar, oʻquvchilar, yosh tadbirkorlar, fermer va hunarmandlar, iqtidorli sportchilar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan viloyat hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qildi. Joyida hal qilish imkoni boʻlgan ogʻzaki murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda yosh isteʼdod sohiblari sheʼriyat, adabiyot, sanʼat va boshqa yoʻnalishlarda oʻz mahoratini namoyish etdi.



